Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

Kupertinoliklar bu smartfonda ham Apple A13 chipsetini qo‘llashmoqchi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, ushbu arzon ayfon boshqa kompaniyalarning ayrim flagmanlaridan ham tezkor bo‘ladi!

Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!

6,49 dyuymlik, HD+ formatli ekranning tomchisimon kemtigiga 5 MPlik old kamera joylangan. 4000 mA/soatlik akkumulyatorning to‘la quvvati smartfonning bir necha kun ishlashiga yetadi.

Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)

6,4 dyuymlik, FullHD+ formatli displeyga ega Cubot X30 uchun MediaTek Helio P60 protsessori tanlangan. 32 MPlik selfi-kamerali bu smartfon 6/128 hamda 8/256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

Xiaomi‘ning barcha skuterlarini smartfonga ulab, u orqali dvigatelini bloklash, haydash rejimlarini almashtirish mumkin.

Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Uning tezkor/ichki xotirasi 6/64 GBlik varianti avval 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, endi 229 dollardan taklif etilyapti. Farqi 120 dollarga teng – bu pulga esa yana bir smartfon olsa bo‘ladi, axir!

Redmi flagmani narxini tushirib, eng arzon smartfonini global bozorga chiqaryapti

Helio G25 protsessoriga tayangan ilk smartfon 2/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. Telefon diagonaliga 6,53 dyuymlik, HD+ formatli IPS-ekran hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

Bestsellerning 6/128 GB xotirali variantini endi atigi 199 dollarga olish mumkin. Uning 8/128 GBligi narxi ham 227 dollargacha tushirilgan. Boshida ular tegishlicha 241 va 270 dollarga baholangan edi.

Redmi K30 Pro turkumi salkam 100 dollargacha arzonlashdi!

Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanining 64 + 20 + 13 + 8 megapiksellik kvadrokamerasi 3 karralik optik yaqinlashtiruv va to‘rtta o‘qli barqarorlashtirish texnologiyalariga ega.

PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan talqini chiqqaniga ikki yildan sal oshiqroq vaqt bo‘ldi. Shu muddat ichida u ishlab chiquvchilarga naq 3 milliard dollar daromad keltirdi!

Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Galaxy Note 20 modelining narxi Galaxy Note 10 bahosidan ancha yuqori bo‘ladi. Shunisi ham borki, soliqlardagi farqlar bilan bog‘liq holda, ayrim mamlakatlarda u salgina arzonroq sotiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш