19-20 yoshli yigitlarimiz robot xizmatkorlar yaratishdi

Buyurtmachi xohishiga ko‘ra robotni istagan ko‘rinishda, sun’iy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qo‘shimcha funksiyalarni ham qo‘shib yaratish imkoniyati mavjud.

Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq zaryadlovchi Quick Charge 5 taqdim etildi

Quick Charge 5 qo‘shaloq akkumulyatorlarni, 20 voltgacha kuchlanishda hamda 100 vattdan ortiqroq quvvatda zaryadlay oladi. Qualcomm allaqachon shunday smartfonni birinchi kim va qachon chiqarishini ham aytdi.

Qoyilmaqom aqlli ko‘zoynak – Apple iGlass ikkita chiroyli videorolikda!

Kanadada yashovchi dizayner Iskandar Utebayev (Iskander Utebayev) o‘zining Instagram-sahifasida Apple aqlli ko‘zoynagining konsept-roliklarini e’lon qildi.

Rossiya josus dronlarga qarshi Qora dengizda robotlarni ishga tushiradi

TASS yozishicha, Rossiya suvosti robotlari texnik jihatlariga ko‘ra xorijnikilardan aslo qolishmaydi. Tajribalar ularning kichik hajmli josus dronlarni ham tanib olishini ko‘rsatgan.

iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

iHacktu Pro nikli insayder kupertinolik korporatsiyaning bu yil kuzga mo‘ljallagan ikkita taqdimotining sanasini e’lon qildi.

Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Victus shishasi smartfonning 2 metrdan tushib ketganida ham ekrani sinmasligini ta’minlaydi. Taqqoslash uchun: bu ko‘rsatkich Gorilla Glass 6 uchun 1,6 metr, Gorilla Glass 5 uchun esa 1,2 metrni tashkil etadi.

Galaxy Z Flip 5G taqdim etildi: Snapdragon 865+ chipli ilk Samsung smartfoni! (+video)

Samsung yangi buklamafonini ikki xil – kulrng va bronza tusli korpuslarda taklif etadi. Galaxy Z Flip 5G savdosi AQShda 7 avgust kuni boshlanadi, narxi esa...

KFC bioprinterda iste’mol uchun tovuq go‘shtli qalamchalar chop etmoqchi

Qayd etilishicha, ushbu naggetslar (tovuq go‘shtli qalamchalar) laboratoriya sharoitida bioprinter orqali yaratilgan ilk oziq-ovqat mahsuloti bo‘ladi. Sinov shu yilning kuzida Moskvada o‘tkaziladi.

RASMAN: Snapdragon 865+ chipli Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si hatto Galaxy M31s’dan ham oldin namoyish qilinyapti!

Buklamafonning o‘z «ajdod»idan asosiy farqi – u Snapdragon 865+ protsessoriga tayanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, u ham ayni shu chipsetli ilk ikkita eng zo‘r flagman bilan bir kunda chiqyapti.

Yana bitta soha xodimlariga drondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Ular ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo‘lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo‘lmagan dron ishlatishlari mumkin bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш