MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

Yakuniy talqindagi yangi proshivkani shu oyning so‘nggi kuni – 30 aprel sanasida taqdim etishadi va birinchi partiyada beshta rusumdagi smartfonlarga yuborishadi.

Android-smartfonlarning yangi «qirol»i – Lenovo Legion 2 Pro ilk «jonli» suratlarda!

Legion 2 Pro orqa paneli simmetrik dizaynga ega, kameralari ham korpusning taxminan o‘rtasida joylashgan. Lenovo uni eng zo‘r ekran, Snapdragon 888 chipi va 16/512 GBgacha xotira bilan ta’minlayapti.

LG bu bozorni rasman tark etyapti – u «qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urdi»!

Kompaniyaning bu yo‘nalishdagi biznesi 2015 yildan zarar ko‘rishni boshlagan. 2020 yili zararning umumiy miqdori 4,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

Redmi 10X hamda 10X Pro bultur yozdan beri Antutu hamyonbop smartfonlar reytinglarida ilk ikki o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotir. Xiaomi esa ushbu rekordchilarning davomchisini ham allaqachon tayyorlab ulgurgan.

Ulkan akkumulyatorli Galaxy F02s va Galaxy F12s chiqdi – 122 dollardan boshlanuvchi smartfonlar!

Ikkala smartfon ham 1 terabaytgacha hajmli MicroSD karta uyachasi, 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi hamda USB-C portiga ega; Galaxy F12 korpusining yon qirrasiga daktiloskop ham o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

4 kattami yoki 5? Albatta, bu savolga javob tayin, biroq A32 borasida bunday emas.

Qayrilma ekran, uchta kamera, Dimensity 1000+ chipiga ega realme X7 Pro Ultra chiqdi

Kutilganidek, yangi smartfon qator texnik jihatlari borasida X7 Pro'dan ustun, biroq, qizig‘i, Ultra/Extreme Edition'ning Pro modeldan kamchilik tomonlari ham bor.

ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Kompaniyaning oldingi smartfoni – Axon 20 5G modelida dunyodagi ilk «ko‘rinmas» selfi-kamera qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan kamerofonda ikkinchi avlod ekranosti kamera ishlatiladi.

Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi bo‘lib ulgurishdi.

AnTuTu reytingini Snapdragon 888 chipli flagmanlar butkul zabt etdi! (2021 yil mart)

Aksariyat telefonlar bir xil – 12/256 GBlik xotirali bo‘lsa-da, ballar turlicha to‘plagan. Lekin eng g‘alatisi: «operativka»si eng kuchli – naq 16 GBlik ROG Phone 5 hatto kuchli uchlikka ham kirmagan!

Aprelda ham Redmi'dan yangi smartfon kutavering

Xiaomi bir necha kun oldin Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra, Mi 11 Lite 5G, Mi Smart Band 6 va Mi Mix Fold qurilmalarini taqdim qilgan edi. Biroq kompaniya bu bilan chegaralanib qolmoqchi emas.

Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

Bu testda smartfonda fayllarni nusxalash, ish stolidagi yorliqlarning joyini almashtirish, veb-sahifalar va ilovalarning, shuningdek galereya va suratlarning yuklanish tezliklari baholangan.

Samsung taqdim etib ulgurmagan o‘ta arzon smartfon allaqachon xususiyat va narxlari bilan do‘konga chiqdi!

Galaxy F02s modelining maqtangulik jihatlaridan biri – 5000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Smartfonning apparat ta’minoti asosini Qualcomm Snapdragon 450 protsessori tashkil etadi.

108 MP kamera, eng zo‘r displey va Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11i namoyish etildi

Xiaomi Mi 11i ham Dolby Atmos tizimli stereodinamiklar, Wi-Fi 6 hamda NFC modullariga ega. 4520 mA/soatlik batareya 33 vattlik tezkor quvvatlanadi va qadoq jamlanmasiga zaryadchik ham kiritilgan.

Android olamida yangi rekordchi: benchmarkda salkam million ball!

Master Lu ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan qaydlarga ko‘ra, yangi rekordchi Snapdragon 888 protsessoriga hamda tegishlicha 16/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega.

Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

Katalog raqami SM-M426B bo‘lgan qurilma 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan va Android 11 operatsion tizim talqiniga ega.

Mi Mix Fold taqdim etildi: ilk Xiaomi buklamafoni, suyuq linzali kameraga ega birinchi smartfon! (+video)

Odatda buklamafonlarda displey birinchi o‘rinda turardi, ammo Mi Mix Fold’ning asosiy faxri – uning kamerasidir!

Samsung smartfon bozorida Apple’ni chetga surib qo‘ydi

Strategy Analytics kompaniyasi fevral oyi uchun jahon smartfon bozorining statistikasini e’lon qildi.

Xiaomi eng yengil va yupqa – Mi 11 Lite hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlarini namoyish qildi

Mi 11 Lite hamda uning 5G-versiyasida uch modulli bosh kamera ham bir xil: 64 megapiksellik asosiy sensor, 8 megapiksellik o‘ta keng burchakli kamera va 5 megapiksellik telemakrokamera.

Professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra chiqiboq DxOMark taxtini zabt etdi! (+video)

29 mart kungi mega-taqdimotida Xiaomi o‘zining flagman smartfoni – Mi 11 Pro anonsi bilan boshlagan edi. Biroq tadbirning bosh qaramoni u emas, balki Xiaomi Mi 11 Ultra rusumli premium-flagman bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш