Apple AirPower: avstraliyaliklar yangi devaysni «sotib qo‘yishdi»!

Garchi AirPower’dan simsiz quvvat ola bilishini kompaniya ta’kidlangan esa-da, negadir yangi press-renderda simsiz quvvatlovchi stansiya ustida Apple Watch smart-soati yo‘q.

Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga yo‘llangan ushbu petitsiyani 250 nafar ekspert imzolagan. Bu borada na Apple, na Samsung biror izoh bera olmayapti.

RASMAN: Apple bahorgi taqdimoti sanasini e’lon qildi!

Korporatsiya unda yangi 10 dyuymlik iPad, iPad mini 5, AirPods 2, 7-avlod iPod kabi gadjetlarni, shuningdek, yangilangan dasturiy ta’minot va media-servislarini taqdim etishi kutilmoqda.

Har qanday qurilma bilan ishlay oladigan Google geympadini tomosha qiling!

Unda Google tugmachalari, mikrofon, shuningdek, «Uyga» va «Menyu» tugmachalari ham bor! Mikrofon tugmachasi nafaqat mikrofonni o‘chirib-yoqish, balki Google Assistant’ni ishga tushirish uchun ham xizmat qiladi.

Fitbit Versa Lite – to‘laqonli operatsion tizimga ega eng arzon «aqlli» soat namoyish qilindi

«Katta» versiyasidan farqli ravishda, Versa Lite ayrim funksiyalardan mahrum etilgan. Biroq aksariyat foydalanuvchilar uchun bular uncha muhim emas, shu bois «yengil» smart-soat ham talabgir bo‘lishi kutilmoqda.

Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Mazkur quloqchin korroziyalarga chidamliligi bilan mashhur bo‘lgan sirkoniy qotishmasidan, tag‘in qo‘lda yasalmoqda. Unda kumush qoplama hamda tilla kontaktlar qo‘llanganligi ham alohida e’tiborga loyiq.

Nubia Alpha taqdim etildi – bilakka taqiluvchi soat-smartfon (+video)

Ushbu bilaguzuk-smartfonni ovozli buyruqlar orqali, multi-touch texnologiyasiga ko‘ra ekrandagi va hatto ekranga teginmay turib havodagi qo‘l ishoralari yordamida ham boshqarish mumkin!

Microsoft inqilobiy HoloLens 2 garniturasini taqdim etdi

HoloLens 2 kishiining nigohi qayoqqa yo‘nalganligini kuzatib bora oladi; shuningdek, chuqurlikni aniqlovchi time-of-flight datchiklari hamda mashinaviy ta’lim algoritmlari yordamida imo-ishoralarni taniydi.

Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

Quloqchinning har bir bo‘lagi 58 mA/soatlik akkumulyatorga ega, bu esa Bluetooth orqali ulangancha 5 soatgacha telefonda suhbatlashishga yoki uzluksiz 6 soat mobaynida musiqa tinglashga yetadi.

Galaxy Watch Active – qon bosimini ham o‘lchovchi smart-soat taqdim etildi (+video)

Galaxy Watch Active jismoniy (yugurish, velosipedda uchish, eshkak eshish, ellipsda trenirovka va yana 39 turdagi) mashqlar davomida tanaga tushadigan yukni, uyqu sifatini, stress darajasini nazorat qila oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш