Huawei mobil aloqaga mo‘ljallangan Watch 2 Pro'ni taqdim qildi

Po‘lat korpus, ekran atrofini o‘rab olgan keramik hoshiya hamda Italiyada tayyorlab keltirilgan charm band soatga nihoyatda jozibador hasham bag‘ishlab turibdi.

Xitoyda Apple Watch Series 3'ning bosh funksiyasi o‘chirib qo‘yildi

Xitoylik mobil operatorlar Apple'ning mobil aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan "aqlli soat"larini to‘satdan aloqa tarmoqlaridan uzib qo‘ydilar.

Samsung «aqlli» treker-brelok ishlab chiqdi

Samsung Connect Tag o‘zi biriktirilgan ob’yektning joylashuv o‘rnini uyali tarmoqlar, Wi-Fi, GPS/GLONASS orqali yuqori darajada aniqlaydi va ma’lumotni Android-qurilmaga jo‘natadi.

Google baribir yana Apple’ga ergashdi va tanqidlarga uchradi

Google o‘zining yangi devayslari uchun USB Type-C portidan 3,5 mm.lik tirqishga o‘tkazib beruvchi adapterni savdoga chiqardi, ammo u «insofni chetga surib qo‘yib», adapterni naq 20 dollardan sota boshladi-da!

iPhone X uchun dunyodagi eng qimmat chexol sotuvga chiqarildi

Singapurning lyuks brendlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi iPhone uchun ishlab chiqargan titan metalli chexolning narxi jahonning eng qimmat flagmanlaridan bo‘lgan iPhone X'dan

iPhone uchun Apple Pencil stilusini yaratishadi

Apple hamyonboplikni ko‘zda tutgan holda, ayfonlar uchun «superkondensator» turidagi stilus taqdim etadi. Uni ishlab chiqarish nisbatan arzonga tushadi, ammo qo‘llashda u oddiy ruchkaga o‘xshash bo‘ladi.

Mate 10 Pro – Huawei’ning ilk stilusli flagmani suratlari chiqdi

Bu flagmanini Huawei o‘zining eng ilg‘or Kirin 970 protsessori bilan jihozlaydi. Devaysning diagonali 5,99 dyuymga, aniqligi 1440x2880 pikselga teng IPS-displeyining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda.

Razer 1 noyabrga «katta taqdimot» belgiladi: geymerlar smartfoni kutilmoqda

Keyingi oyning boshida biz ilg‘or o‘yin funksiyalariga ega bo‘lgan cho‘ntak mobil qurilmasining – «geymfon»ning yoki portativ o‘yin konsolining taqdimotiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

2017 yilning eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

Samsung kompaniyasi ikkita sovringa ega bo‘ldi. Uning o‘zi joriy yildagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Galaxy S8 qurilmasi 2017 yilning eng yaxshi smartfoni, deya tan olindi.

Qarshi oling: ilk telefon-spinner! (+video)

Mo‘’jaz Chilli K188 gadjeti – g‘ayrioddiy korpusli oddiy tugmachali telefon bo‘lib, spinner qilib o‘ynashdan tashqari, undan qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabarlar yozish ham, hatto internetga kirish ham mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш