Opera brauzeridagi bepul VPN’dan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

Opera brauzeridagi bepul VPN’ni ishlatishda ayrim anglashilmovchiliklar yuzaga kelayotgani bois, ushbu xizmatdan foydalanish yo‘lini qadam-baqadam tushuntirib berishga qaror qildik.

Gaming Mode – har qanday smartfonni o‘yinga moslab kuchaytiruvchi bepul ilova

Bu ilova yordamida bitta sozlamalar profilining o‘zini barcha ilovalar uchun qo‘llash yoki har bir o‘yin uchun alohida sozlamalar profili o‘rnatish mumkin. Siz o‘yinni tugatgach, sozlamalar yana asl holiga qaytadi.

14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

Bu yerda gap qanday miqdordagi mablag‘ yoki qanaqa sovg‘a haqida ketayotgani hozircha noma’lum. Lekin odatda Apple nuqsonlarni topganlarga 200 ming dollargacha haq to‘laydi.

Bepul VPN kerakmi? Endi Opera’ning o‘zi yetarli!

Opera Software kompaniyasi Android-qurilmalar uchun Opera brauzeriga qo‘shimcha funksiya sifatida VPN xizmatini qaytarmoqda! U sozlamalar menyusi orqali faollashtiriladi va butkul bepul.

Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi

Password Checkup kengaytmasi parollarning o‘g‘irlanganlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshiradi. Bunda barcha ma’lumotlar shifrlanadi va hatto kompaniyaning o‘zi ham ularni ko‘ra olmaydi.

Instagram’dagi ommabop imkoniyat YouTube’ga ham joriy etilyapti

Explore nomli yangicha qidiruv tugmachasi xuddi Instagram’dagidek prinsip asosida ishlaydi. Bu esa YouTube’da yanada qiziqarli lavhalar, kliplar, turli shoularni tezroq topishda ko‘maklashadi.

Facebook Messenger’da endi egasiga yetib borgan xabarlarni ham o‘chirish mumkin!

Yuborilgan xabarni o‘chirish funksiyasi Android hamda iOS uchun taqdim etilgan Facebook Messenger kliyentlarida, shuningdek ijtimoiy tarmoq saytida ishlaydi.

Xavfsizlik va maxfiylik uchun Atom brauzeri chiqdi: uning xatosini topib, millionni qo‘lga kiriting!

Mail.ru Group ushbu mahsulotiga shunchalik ishonyaptiki, Atom brauzeridagi jiddiy nuqsonni topgan xakerlarga bir million rubl miqdorida mukofot e’lon qilgan.

WhatsApp’da uzoq kutilgan yangilanish: endi uni barmoq izi va yuz skanerlari orqali ham qulflay olasiz!

Endi, garchi birovning qo‘liga tushib qolgan smartfoningiz qulflanmagan bo‘lsa-da, undagi WhatsApp’ga o‘zingizdan boshqa hech kim kira olmaydi.

Google Chrome firibgar saytlarga qarshi urush ochdi: undan qanday foydalanamiz?

«Egizak» sayt degani, masalan – google.com o‘rniga go0gle.com nomli qalbaki saytlardir. Bu soxta saytlarni ochgan firibgarlar esa ularga kirganlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш