O‘ta arzon Galaxy A2 Core taqdim etildi: Redmi Go’ning asosiy raqibi!

Samsung mazkur smartfonini Xiaomi’ning eng arzon Redmi Go modeli bilan bir xil narxda taqdim etgan, demak – ularni solishtirish o‘rinli...

Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

XDA Developers hamjamiyati dasturchilaridan biri Samsung’ning saytida shunday sahifani topib oldi – u yerda Galaxy Fold uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni rasmiylashtirish mumkin!

Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Gap faqatgina kompaniyaning rasmiy onlayn-do‘konidagi savdo haqida ketyapti. Korporatsiyaning yangi flagmanlardan umidi katta – yilning oxirigacha u 20 milliontadan oshiq Huawei P30 va P30 Pro sotmoqchi.

Galaxy A2 Core haqida yangi ma’lumotlar: nisbatan kuchli protsessor, Android Pie va aniq narxi!

Exynos 7870 chipli va Android 9 Pie (Go edition) tizimli Galaxy A2 Core korpusining o‘lchamlari 141,5x70,9x9,1 millimetrga teng bo‘lib, kul rang, moviy va qizil tusli variantlarda ishlab chiqariladi.

Galaxy A80 taqdim etildi: aylanuvchi kamera, yangi Snapdragon 730 chipi va... yuqori narx! (+video)

«Jonli efirlar erasi» yetakchisi – Samsung’ning eng romsiz modeli, uch modulli (bittasi 48 MPlik, biri 3D ToF) aylanma kamerali hamda Snapdragon 730 chipli birinchi smartfon!

Apple AirPods’ning yana bir kushandasi – Nubia Pods simsiz quloqchini bitta smartfon narxida sotiladi!

Ushbu qurilma bitta quvvat bilan 6,5 soatgacha ishlay oladi. G‘ilofidagi 410 mA/soatlik akkumulyator esa uning ishlash muddatini 24 soatgacha uzaytirish imkonini beradi.

RASMAN: Samsung hamyonbop turkumidagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaydi! (+video)

Samsung hamyonbop Galaxy J turkumini tugatishi haqida ko‘pdan buyon mish-mishlar yuribdi. Kompaniyaning Malayziya bo‘limi rasmiy YouTube-kanalida shuning rasmiy isbotini e’lon qildi.

Nokia X71 – kompaniyaning «teshik» ekranli va uchtalik kamerali ilk smartfoni Galaxy S10’ning yarim narxida sotuvga chiqdi!

Xitoyda taqdim etilgach, Nokia X71 smartfoni ikki xil konfiguratsiyada sotuvga ham chiqarilgan, aniqrog‘i – oldindan buyurtma olish boshlangan.

Galaxy Fold g‘ilofini Samsung yana bitta smartfon narxida sotadi!

MobileFun internet-do‘koni esa Galaxy Fold uchun arzonroq g‘iloflarni ham taklif etmoqda. Jumladan, Case-Mate modellari, versiyasiga bog‘liq holda 45 va 65 dollar turadi.

Apple baribir iPhone SE davomchisi – iPhone XE’ni chiqaryapti: narx va jihatlari

iPhone XE modeli 4,8 dyuymlik AMOLED-displeyga va A12 Bionic protsessoriga ega. Unda «Uyga» tugmachasi ham, barmoq izi skaneri ham bo‘lmaydi: uning o‘rniga qiyofa skaneri – Face ID ko‘zda tutilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш