GTA 5 fanatlari, davringiz keldi – uni butkul bepul olib qo‘ying! (+video)

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Metacritic agregatoriga ko‘ra oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarining ikkita reytingga ham Grand Theft Auto 5 kirgan.

5G-modemli «cho‘ntakbop» o‘yin noutbuki chiqdi! (+videolar)

Bu laptopda o‘yinlarning «silliq» o‘ynalishiga masofadagi serverlarning apparatlari javobgar, OneGX 1 esa ular bilan tezkor bog‘lanishni ta’minlab turuvchi 5G-modem bilan jihozlangan.

90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Xamako Mori nafaqat sayyoramizdagi eng keksa geymer, balki shu bilan birga eng yoshi katta videobloger ham hisoblanadi. Onaxon o‘z o‘yinlarini e’lon qilish uchun YouTube servisida o‘ziga kanal ham ochib olgan.

Bu antiqa o‘yinni 14 maygacha olib qo‘ysangiz, keyin bepul o‘ynayverasiz! (+video)

Epic Games studiyasi endi o‘ta original bo‘lgan Death Coming o‘yinini bepul tarqatishga qaror qildi. Geymerlar unda naq chalg‘i ko‘targan kampir – Ajal yordamchisini boshqarishlari kerak bo‘ladi!

Rebellion yovuz daho haqidagi o‘yinni tekinga tarqatyapti! (+video)

Yovuz daho haqidagi Evil Genius o‘yini 2004 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, u hozirgacha ommabop. Rebellion kompaniyasi uning Steam-versiyasini bepul berishga qaror qildi.

Amazon bepul shuter o‘yin chiqaryapti: xususiyatlari, taqdimot kuni va videosi

Crucible o‘yinchilariga o‘nta betakror personaj taklif etiladi, lekin jang oldidan ular uchun qurollar va qobiliyatlarni geymerning o‘zi tanlay oladi. Bu esa jarayonga tasodif effektini qo‘shadi.

Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

5 iyungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga bonus sifatida poyga simulyatori ichida 2017 Ford GT avtomobili beriladi. Samsung smartfon va planshetlari egalariga berilgan imtiyozlar esa havasga loyiq!

Ubisoft’dan uchta sarguzasht o‘yinni 5 maygacha bepul olib qo‘yishga ulguring! (+videolar)

Ushbu uchala o‘yin ham 5 maydan keyin yana pulli bo‘lib qoladi, shungacha olib ulgurishingiz kerak. Birga o‘ynaydigan do‘stlaringiz, o‘yinlarga qiziquvchi yaqinlaringizga ham bu xabarni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul.

Eng kutilayotgan o‘yin – Assassin’s Creed: Valhalla’ning ilk rasmiy treylerini tomosha qiling!

Mazkur ekshen o‘yin ustida naq 14 ta studiya ishlamoqda, bu esa Ubisoft uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Assassin's Creed: Odyssey o‘yinini «atigi» yettita studiya birgalikda tayyorlagan.

PlayStation 5 taqdimotining aniq kuni ham ma’lum – endi ko‘p kutmaymiz!

Games Beat jurnalisti Jeffri Grabb yozishicha, geymerlar uchun hayajonli onlar yaqin qolgan. Niko Partners katta tahlilchisi Daniel Ahmad ham konsolning iyun oyi yarmiga yetmasdan taqdim etilishini aytgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш