Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!

Epic Games ushbu mahsulotini yaqin orada Google Play’ga yubormoqchi. Biroq uni ishlab chiqqanlar o‘yin ichidagi o‘z to‘lov tizimlaridan voz kechmoqchi emaslar.

O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

Birinchisi – o‘rtacha bahosi bo‘yicha TOP-elliktalik bo‘lsa, ikkinchisi esa ixcham – unda ro‘yxat turli o‘yinlarning relizlari ommaviy axborot vositalarida eng yaxshisi sifatida e’tirof etilgani bo‘yicha tuzilgan.

2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar

Apple kompaniyasiga ko‘ra 2019 yilgi eng yaxshi ilovalar va o‘yinlar reytingi chiqqan edi. Kupertinolik gigant, shuningdek, iPhone foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan o‘yinlar ro‘yxatini ham taqdim etgan.

PlayStation orqali narkotiklar savdosini tashkil etgan geymer qo‘lga olindi

Giyohfurush PlayStation ovozli chati orqali potensial mijozlar bilan gaplashar va shaxsan uchrashib oldi-sotdi qilar ekan. Noqonuniy faoliyatini u «o‘yinni muhokama qilish» niqobi ostida olib borgan.

2019 yilgi eng zo‘r Android-o‘yinlar: Google reytingi chiqdi

Google kompaniyasi Android-qurilmalar uchun yakuniga yetayotgan yildagi eng yaxshi ilovalar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, u Google Play Market’dagi eng zo‘r o‘yinlarni ham e’tirof etgan.

iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

Apple qurilmalari uchun eng yaxshi deya e’tirof etilgan o‘yinlar va ilovalar ro‘yxati bilan tanishing! Har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali ularni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Sony PlayStation tarixiy rekord o‘rnatib, Ginness kitobiga kirdi!

PlayStation 4 o‘zining «ajdod»i – PS1 modelini quvib o‘tib, tarixdagi ikkinchi eng ommabop xonadon o‘yin konsoli bo‘ldi. Jahonda eng ko‘p sotilgani ham Sony mahsuloti – PlayStation 2 hisoblanadi.

Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

Mobil o‘yinlarning eng ommaboplari odatda onlayn o‘ynaladi. Bugun biz tavsiya etayotgan yangi o‘yinlar uchun esa internetning umuman keragi yo‘q – smartfonga o‘rnatib olsangiz bas.

PlayStation 5 va yangi geympadni ilk bor «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Rasmdagi yangi geympad o‘zining «ajdod»idan uncha farq qilmaydi. Asosiy o‘zgachaligi – DualShock 4 modelida microUSB porti bo‘lsa, bunda yangi – USB Type-C porti qo‘llangan. PlayStation 5 esa butkul yangicha...

Afsonaviy Doom o‘yinini 20 yillik fotoapparatda ishga tushirishdi (video)

Doom o‘yinini videobloger Kodak Digital Science DC260 ZOOM fotokamerasida ishga tushirishga erishdi. Bu fotoapparat 1998 yili taqdim etilgan va o‘shanda narxi ming dollar edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш