Tianma kompaniyasi Galaxy Fold’nikidan ham zo‘r buklama displey yaratdi!

Qayishqoq displeylar bozoriga Tianma’ning ham kirib kelishi buklama smartfonlar yaratuvchilar uchun tanlash imkoniyatini yanada kengaytiradi. Tabiiyki, bu raqobat narxga ham ta’sir etadi.

6 iyunda Nokia o‘z «Ari»sini ko‘rsatadi!

HMD Global yaqinda o‘z qurilmalarini Marvel superqahramonlari nomlari bilan atay boshlagan. Ulardan biri inglizchada «Wasp» deb nomlanadi, bu esa «Ari» deganidir.

Mobil bank orqali pulingizni o‘g‘irlashlari mumkin, bundan himoyalanish yo‘llari bor!

Bugungi kunda pul o‘g‘irlash uchun kimningdir uyiga kirish shartmas, smartfoni qo‘lga olinsa kifoya – hamma ma’lumotlar o‘sha yerda. Shuning uchun ham bank ma’lumotlaringizni himoyalash choralarini ko‘ring.

Galaxy A10e: atigi yuz dollarlik smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Ushbu arzon modelning ham «ideal» smartfon deya ta’riflanayotgan Galaxy M40 bilan birga, 11 iyun kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Redmi Note 7 Pro “qotili”: Meizu 16Xs rasman taqdim qilindi!

Avvalroq, Meizu 16Xs smartfoni 23 may kuni taqdim etilishi haqida yozgandik. Keyinroq esa taqdimot 30 may kuniga ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. Nihoyat, bugun Meizu kompaniyasi o‘zining Meizu 16Xs nomli yangi smartfonini namoyish etdi.

Sanksiyalar o‘z yo‘liga: Huawei hamyonbop Nova 5i smartfonini taqdim etyapti!

Huawei allaqachon Nova 5i smartfonini Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rdi va shunda uning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘ldi.

Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Yangi proshivka hajmi 926 MB bo‘lib, may oyidagi xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u smartfonlarga eng yangi One UI grafik interfeysini ham taqdim etadi.

Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Kompaniya chiqargan tizerga ko‘ra, tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi! Bular – Redmi K20’larning global versiyalari, ammo dizayni boshqacha, nomlanishi borasida ham uch xil taxmin bor.

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Uning tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

AnTuTu benchmarkida Xiaomi Mi 9 flagmanidan ham yuqori – salkam 390 000 ball olgan Redmi K20 Pro modelini yana bir mashhur benchmark – Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш