Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Ghosty dasturini smartfoningizga o‘rnatib olsangiz, Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz. Ammo bunda o‘zingizning akkauntingiz maxfiyligi ham buzilishini yodda tuting!

«JONLI» VIDEO: Xiaomi sir tutsa ham, Pocophone F2 arzon flagmanini qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Garchi rasman taqdim etmagan bo‘lsa-da, Xiaomi allaqachon Pocophone F2’ni hatto bozorga chiqarishga tayyor qilib qo‘ygani ma’lum. Internetda uning «jonli» surat va hatto videolari uchramoqda.

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

Indoneziyada atigi bir oy mobaynida Redmi Note 8 turkumidan 125 000 smartfon sotgan! Xiaomi uchun bu mazkur mamlakatda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi va u smartfon sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

O‘zbekistondagi Beeline aloqa operatori Status va Status+ tarif rejalaridagi yangi imtiyozlar haqida e’lon qildi. Endi tarif bo‘yicha internetning qolgani kuyib ketmay, keyingi oyga o‘tkaziladi.

Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

32ta eng ommabop smartfondagi maxsus kodlar foydalanuvchining suhbatlarini tinglashi, qayerlarda ekanini kuzatishi, shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchiga va hatto uning hamkorlariga jo‘natishi mumkin.

Apple dekabrdagi taqdimotiga taklif etyapti: unda nimalarni ko‘ramiz?

Apple avval bunaqa tadbir o‘tkazmas, yilning eng yaxshi ilova va o‘yinlarini e’lon qilib qo‘yaverar edi. Bu gal to‘laqonli taqdirlash marosimi va unda qandaydir yangi mahsulot namoyishini ham o‘tkazmoqchi.

Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

MIDC 2019 konferensiyasida ishtirok etayotgan Ley Szun kompaniyaning Redmi K30 smartfoni haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u Xiaomi kamida o‘nta 5G-smartfon chiqarishini ham tasdiqlagan.

Star Wars ishqibozlari uchun Samsung kosmik narxda maxsus flagman jamlanmasini taqdim etdi!

Jamlanma Galaxy Note 10+, g‘ilof, metall znachok, S Pen stilusi va Galaxy Buds simsiz quloqchini kiradi. Yana eksklyuziv kontent – smartfon oboylari, animatsiyalar, belgichalar va ovozlar ham taqdim etiladi.

O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!

«Yandeks.Dengi» hamyonini to‘ldirish uchun istalgan UzCard yoki Humo tizimidagi plastik kartalari bo‘lishi kifoya.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш