Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

 Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

Mi 11 ro‘yxatimizda yetakchilikni saqlab qoldi. Xiaomi e’lon qilgan boshqa smartfonlar esa chartimizda kompaniya ustunligini ta’minladi.

Mi 10i ikkinchilikni band etgan bo‘lsa, top uchlikka Redmi 9T yakun yasadi.

Haftaning ikkinchi yarmida taqdim qilingan Redmi Note 9T 5G to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qoq markaz Galaxy S21 Ultra'ga nasib qildi. Payshanba kuni namoyish qilingach, S21 ro‘yxatimizda yana oldingi o‘rinlarni egallaydi.

Keyingi o‘rinlarni yana ikkita Samsung smartfoni egalladi: Galaxy A12 va Galaxy A51, mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlar.

Redmi Note 9 Pro sakkizinchi, Apple iPhone 12 Pro Max to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Eng so‘nggi pog‘ona esa Poco X3 NFC'ga nasib qilgan ekan.

Shunday qilib, vivo X60 Pro, Xiaomi Mi 10T Pro va Galaxy A21s'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ro‘yxatimiz Xiaomi'ning 6 ta, Samsung'ning 3 ta va Apple'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

 

Xiaomi Mi 11

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Mi 10i 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi 9T

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan 

Xiaomi Redmi Note 9T 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Samsung Galaxy A12

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A51

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Apple iPhone 12 Pro Max

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Poco X3 NFC

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!