O‘zbekistonda Xiaomi 13T seriyasi taqdim qilindi!

 O‘zbekistonda Xiaomi 13T seriyasi taqdim qilindi!

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkentda o‘zining ijodkorligini namoyon etishni istagan xaridorlar uchun yangi Xiaomi 13T seriyali smartfonlariga oldindan buyurtmalar olish boshlandi. Ushbu yangi seriya ilg‘or ish faoliyatini optimallashtirish arxitekturasi, uzoq vaqtga mo‘ljallangan batareya quvvati va kristall tiniq displeyi bilan suratga olish, video ko‘rish yoki kundalik foydalanish uchun beqiyos tajribani taqdim etadi.

 Professional kamera bilan o‘z shedevr asaringizni yarating

Smartfon foydalanuvchilarining yuqori talablariga javob beradigan Xiaomi 13T Pro va Xiaomi 13T Summicron obektivlari o‘rnatilgan uchta kamera bilan professional suratga olishni ta’minlaydi. Bularga 24 mm ekvivalent fokus uzunligiga ega 50 megapikselli keng burchakli kamera va ko‘proq yorug‘likni ta’minlash, yuqori dinamik diapazonda suratga olish uchun 7P asferik linza va 50 mm ekvivalent fokus uzunligiga ega 50 megapikselli teleobektiv kamera kiradi. 15 mm ekvivalent fokus uzunligiga ega 12 megapikselli ultra keng burchakli kamera panoramali suratlar va ajoyib manzaralarni suratga olish uchun ideal. 100% DCI-P3 tufayli Xiaomi 13T Pro va Xiaomi 13T kameralari kengroq rang diapazoniga ega bo‘lib, har bir sehrli lahzani suratga olish imkonini beradi.

Xiaomi 13T seriyasi birinchi marta Xiaomi 13 Ultra’da taqdim etilgan Pro rejimida moslashtirilgan foto funksiyasini taqdim etadi. Bu sizga oldindan ishlab chiqarish jarayonida uyg‘unlik va teksturani sozlash imkonini yaratib, keyingi gal uchun o‘sha sifatni va rangni saqlab turadi. Bu bilan siz o‘z shaxsiy foto-uslubingizni yaratish va uni oldindan sozlamalarda saqlab qo‘yishingizga imkon beradi.

Xiaomi 13T smartfonlar seriyasidagi Xiaomi ProFocus texnologiyasi o‘rnatilgan kamera bilan o‘ta tez harakatlanuvchi jonivorlar: itlar, qushlarni ham yaqindan suratga olish, olisdagi odamlar yoki joylarning tasvirini hayratlanarli tafsilotlar bilan olish mumkin.

 Videotasvirga olishning kutilmagan yangi imkoniyatlari

Xiaomi 13T Pro bilan videotasvirga olish haqidagi orzuingiz amalga oshadi. Rang va tafsilotlar borasida hech qachon ko‘rilmagan boshqaruvni taklif qiluvchi  LOG 4:2:0 H.265 videoyozuvi dunyosini sinab ko‘ring. Oldindan o‘rnatilgan Rec.709 LUT videolaringizga professional sehr qo‘shib, ranglarning ajabtovur aniqligi va vizual tiniqlikni ta’minlaydi.

Xiaomi aqlli qurilmalarida personallashtirish har doim alohida o‘rin tutadi va Xiaomi 13T Pro ham sizga o‘zgacha qarashlaringizni ifoda etish erkinligini berishga mo‘ljallangan. Sevimli LUT uslubingizni qurilmangizga import qiling va videolaringizga o‘z shaxsiy uslubingizni qo‘shing. Bundan tashqari, Xiaomi 13 Pro 8K formatida video suratga olish imkoniyatiga ega, shuning uchun har bir sahna, har bir ko‘rinish, videoning har bir detali kinomatografiya sifatida suratga olinadi. 50 megapikselli keng burchakli kamera OIS va EIS’ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu bilan esa videolaringiz harakatlanayotganda ham barqaror tekis saqlanadi.

Xiaomi 13T'ning orqa kameralari barcha fokus masofalarida 4K video yozishga moslashgan, shuningdek, videolarni tez va samarali tahrirlash ham mumkin. Pro rejimida «Fotojamlanma» ilovasidagi «Video muharriri» funksiyasi sarlavhalar va qo‘shimcha audio treklarni osongina tahrirlash imkonini beradi, bu ijtimoiy media platformalari yoki shaxsiy vloglar uchun qisqa videolar yaratish uchun juda qulay.

Audio va videokontentga sho‘ng‘ish

 Xiaomi 13T Pro va Xiaomi 13T yuqori quvvat tejamkorlik funksiyalari va batareyaning uzoq ishlash muddatiga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga tezkor va samarali smartfon bilan qulaylikni yaratadi.

Xiaomi 13T Pro 3,35 gigagersli tezlikka ega sakkiz yadroli tez protsessorga ega MediaTek Dimensity 9200+ chipsetidan quvvatlanadi. Shuningdek, u Arm Immortalis-G715 grafik protsessoriga ega bo‘lib, u o‘yinlarda qotmaslik va murosasiz batareya quvvati uchun tasvirni qayta ishlashni yaxshilaydi. Xiaomi 13T MediaTek Dimensity 8200-Ultra protsessoriga ega bo‘lib, protsessor va CPU ish faoliyatini yaxshilash uchun TSMC’ning eng so‘nggi texnologik funksiyasidan foydalangan holda yuqori quvvat samaradorligi uchun mo‘ljallangan. Xiaomi 13T’ning qizib ketmasligi 5000 mm qalinlikdagi VC zanglamaydigan po‘latdan yasalgan plastinka bilan ta’minlanadi.

 Xiaomi 13T Pro smartfoni qurilmani atigi 19 daqiqada 100% quvvatlantirish imkonini beruvchi Xiaomi 120W HyperCharge funksiyasiga ega. Ikkala qurilma ham tez zaryadlash bilan jihozlangan: atigi 5 daqiqada Xiaomi 13T Pro 36% va Xiaomi 13T 21% quvvatga ega bo‘ladi. ISP (Internal Shortage Precaution), SOA (Safety Operating Area), DTPT (Dynamic Turbo Power Technology) texnologiyalariga ega Xiaomi 13T seriyasi katta 5000 mAch batareyadan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi.

IP68 suv va changdan himoyalangan zamonaviy dizayn

Xiaomi 13 seriyasining klassik dizayn uslubiga ega Xiaomi 13 Pro va Xiaomi 13T uchta rangda sotuvga chiqarildi: ko‘k, yashil va qora. Ko‘k rangdagi modelning orqa paneli yumshoq va nozik teksturali yuqori sifatli Xiaomi BioComfort ekologik charm bilan bezatilgan bo‘lib, uni qo‘lingizda ushlab turish juda qulay. Yashil va qora rangdagi modellarning orqa paneli, aksincha, porloq shishadan yasalgan bo‘lib, unga nafislik va hashamat beradi. Ikkala smartfon ham mustahkam, suv va changga chidamliligi uchun IP68 darajaga ega. Ushbu jozibali va bardoshli smartfonlardan hayotning har bir hayajonli lahzasini suratga olish, tomosha qilish va o‘zingizni yangidan kashf etish mumkin.

Narxlar va sovg‘alar haqida

27 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda Xiaomi 13T Pro va Xiaomi 13T’ni oldindan buyurtma qilish mumkin. Smartfonlar 4 oktyabrdan sotuvga chiqariladi, 15 oktyabrga qadar Xiaomi 13T Pro yoki Xiaomi 13T xaridorlariga Xiaomi Watch S1 Active aqlli soati ham sovg‘a qilinadi.

Bundan tashqari, Xiaomi 13T va Xiaomi 13T Pro xarid qilganda premium-kafolatlarga ega bo‘lasiz. Mijozlarga 24 oylik kafolat, sotib olingan kundan boshlab 6 oy ichida bitta bepul ekran almashtirish, 12 oy ichida bir marta kafolatsiz ta’mirlash xizmatlari taqdim etiladi. Sotib olingan sanadan boshlab, ta’mirlash vaqtida smartfon almashtirilganda xizmat ko‘rsatish uchun maxsus telefon liniyasi yo‘lga qo‘yiladi.

Taqdimotda narxlar ma’lum qilinmagan. Ammo Xiaomi 13T modeli 550$, Xiaomi 13T Pro esa 690 dollardan boshlab sotilishi taxmin qilinmoqda.

Smartfonlar bilan yaqindan tanishish uchun: Seriya Xiaomi 13T.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!