Yandeks Toshkentda transport harakatini ko‘rsata boshladi

  •   DiMaX
  •  1128
  •  19.09.2019 12:39

 Yandeks Toshkentda transport harakatini ko‘rsata boshladi

Yandeks.Xaritalar shahar avtobuslarining Toshkentdagi harakatini ko‘rsata boshladi. Endi kerakli transport qayerda harakatlanayotganini va qancha vaqtdan so‘ng kelishini bilish oson. Masalan, yomon ob-havo sharoitida avtobusni bekatda kutmay, uning aynan yaqinlashish vaqtida bekatga kelishingiz mumkin.

O‘QING: Yandex o‘zbekcha klaviaturani ishga tushirdi

Avtobuslarining harakatini kuzatish uchun, transportni namoyish qilishni yoqishingiz kerak – buni mobil ilova va Xaritalar veb-versiyasida qilish mumkin. Android uchun ishlab chiqilgan  ilovaning so‘nggi versiyasi o‘zbek tilini qo‘llaydi – u telefonda o‘zbek tili tanlanganida paydo bo‘ladi. Yaqinda bunday imkoniyat iOS’da ham bo‘ladi. Veb-versiyada (http://yandex.uz/maps) til pastki o‘ng qismida o‘zgartiriladi.

«Biz uchun, O‘zbekiston aholisiga Yandeks.Xaritalardan foydalanish qulay bo‘lishi muhim. Shuning uchun biz xizmatni butunlay o‘zbek tiliga o‘girdik va xaritaga harakatlanuvchan transportni qo‘shdik. Avtobuslarining qayerda harakatlanayotganini aniqlashdagi ma’lumotlarni olishda, bizga Toshkent hokimiyati va «Toshshahartransxizmat» yordam berishadi», – deydi Yandeks’ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Hozirda Yandeks Toshkentdagi deyarli barcha davlat avtobuslarini ko‘rsatmoqda. Ilovada ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Xaritada siz avtobusning real vaqtdagi turgan joyini ko‘rishingiz mumkin, agarda bekat belgisini bossangiz – shu yerga u necha daqiqadan so‘ng kelishini ko‘rishingiz mumkin. Ma’lumot har 30 soniyada yangilanib turadi, biroq prognozlash algoritmi tufayli belgilar ohista siljiydi.

Bekat belgisiga bosishda Yandeks.Xaritalar, undan o‘tuvchi barcha transport raqamlari ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ilovadan foydalanib, siz kerakli nuqtagacha  yo‘lni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu notanish hududdan qanday chiqib ketish, yoki shaharning boshqa chekkasidagi bozorga qanday borishni aniqlash uchun asqotadi.

Toshkent Yandeks.Xaritalar transport harakatlanishining real vaqtda ko‘rsatadigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab bunday shaharlar 90 tadan oshiq – Rossiyada, Belorusiya, Qozog‘iston, Yevropa va Amerikaning boshqa davlatlarida.

O‘QING: Yandex maxsus O‘zbekiston uchun qidiruvni yo‘lga qo‘ydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!