$1,5 mlrd.lik biznes egasi nega smartfon ishlatmasligini ma’lum qildi

$1,5 mlrd.lik biznes egasi nega smartfon ishlatmasligini ma’lum qildi

Sheldon Yellen 31 mamlakatda qiymati $1.5 milliard dollarga teng biznesiga ega. U ko‘chmas mulk ta’miri bilan shug‘ullanuvchi Belfor kompaniyasining rahbari. Uning qo‘l ostida ishlaydigan deyarli barchada smartfon bor. Ammo uning o‘zi hali ham soddagina — sms yozish va qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga qodir mobil aloqa vositasidan foydalanadi.

“Bugungi zamonaviy smartfonlarda samimiylik va chinakam his-tuyg‘uni, g‘amxo‘rlikni ifodalab bo‘lmaydi. Sodda telefon esa odamni chalg‘itmaydi. Unda xotirjam suhbat qurish mumkin”, deydi janob Sheldon CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

“Meni yaxshi bilgan kimdir menga nimadir deyishi kerak bo‘lsa, oldimga smartfonsiz kiradi. Men mendan nari borsa 10 metr uyoqdagi odam bilan sms-xabar yozishish o‘rniga jonli suhbat qilishni ma’qul ko‘raman”.

“Men smartfonlarni yoqtirmayman va sizga sababini ham aytaman. Mijozlarimdan biri 3 oy kutib, men bilan o‘tgan 10 daqiqa suhbat asnosida 3 marotaba smartfoniga qarab, kim bilandir xabar yozishdi. Tabiiyki, bu menga nisbatan hurmatsizlik edi. Shu sababli, men bilan hamkorlikni qo‘ldan boy berdi. O‘ylaymanki, bu uning uchun eng yaxshi saboq bo‘ladi”.

“Men odamlarning menga gapirishlarini, mening so‘zlarimni chindan tinglashlarini istayman, xolos”.

Belfor kompaniyasida uchrashuvlar chog‘ida smartfondan foydalanish taqiqlanadi. Bu yozilmagan qonun kabi — unga hamma bo‘ysunadi.