«1 iyundan internet yana 15 foizga arzonlashadi» – bosh vazir maslahatchisi

  •   DiMaX
  •  982
  •  22.05.2021 08:42

«1 iyundan internet yana 15 foizga arzonlashadi» – bosh vazir maslahatchisi

«Toshkent 5 tashabbus harakati» festivali doirasida yoshlarning AKT yo‘nalishi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov O‘zbekistonda internet tezligi pastligi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

O‘QING: Uy internetining tezligi endi oshmaydi – sababi qiziq!

«Men sehrgar emasman, internet tezligini oshirib yuborolmayman. Biroq bu borada ishlar olib borilmoqda, qiladigan ishlar bor hali. So‘nggi bir necha yil ichida internet narxi arzonlashgan. Sun’iy yo‘ldosh orqali internet aloqa qimmat va stabil emas. Eng barqaror internet optik tolali aloqa orqali bo‘ladi», – dedi u.

Olimjon Umarovning ma’lum qilishicha, 2015 yilda butun respublika bo‘ylab 2 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali kabellar tortilgan. Joriy yil 50 ming km kabel tortish rejalashtirilgan.

«1 iyundan boshlab aloqa operatorlari uchun internet narxi o‘zgaradi, narxlar yana 15 foizga pasayadi. Yana bir muhim jihat. Ilgari «tezlik 4 MBgacha» deb yozishardi. Endi o‘sha «gacha» degan joyi bo‘lmaydi. Agar siz internet uchun 100 ming so‘m to‘lasangiz, siz xizmatlarning butun hajmi uchun to‘lagan bo‘lasiz. Agar sekundiga 10 MB yozilgan bo‘lsa, demak, xuddi shuncha tezlik bo‘lishi kerak», – dedi bosh vazir maslahatchisi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi