1 iyunga tanlov: tajribangizni bo‘lishing va noutbuk yutib oling!

  •   DiMaX
  •  587
  •  29.05.2021 17:31

1 iyunga tanlov: tajribangizni bo‘lishing va noutbuk yutib oling!

Xalq ta’limi vazirligi Maslahat.uz guruhi bilan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qildi. Bu to‘g‘rida Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Ekranga tikilib, NEChA YILLIK UMRINGIZni o‘tkazib yuborayotganingizni bilasizmi?

Bola tarbiyasi oson ish emas, buning uchun kattalardan bolaga o‘zini anglashga, unga atrofdagilar bilan muloqot qilish, his tuyg‘ularni yengish va qiziqishlarni rivojlantirishga ko‘maklashish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bola tarbiyasi har birimizdan yuksak mas’uliyatni talab etadi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish.

Bola tarbiyasida oilangiz, sinfingiz yoki maktabingizni boshqalardan ajratib turadigan qanday usuli yoki xususiyati bor, deb o‘ylaysiz? Uni boshqalar bilan o‘rtoqlashing!

Tanlov sharti: o‘z tajribangizni ushbu havoladagi post tagida yozib qoldiring.

Eng ko‘p layk va izohlarga sabab bo‘lgan tajriba muallifi 1 iyun kuni aniqlanadi.

O‘QING: Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.