1 martdan tadbirkorlar ham yo‘llarda radar va kameralar o‘rnata oladilar

  •   DiMaX
  •  791
  •  01.03.2021 11:58

1 martdan tadbirkorlar ham yo‘llarda radar va kameralar o‘rnata oladilar

O‘zbekistonda tadbirkorlar ham yo‘llarga kamera va radarlar o‘rnatishi mumkin bo‘lishi haqida biz o‘tgan yilning dekabrida yozgan edik. Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu amaliyot bugundan – 1 martdan boshlanmoqda.

O‘QING: Feyklarga aldanmang: Toshkent ko‘chalaridagi uch oyoqli kameralar nimalarni kuzatmoqda?

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 1 martdan boshlab:

- Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida tadbirkorlik sub’yektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berildi.

- Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohasida tadbirkorlik sub’yektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berildi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

Shunga ko‘ra, 2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar o‘rnatiladi.

O‘QING: Yo‘lda radar bormi? Unda bu haqda Waze orqali xabar bering

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!