1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda

  •   DiMaX
  •  2777
  •  22.04.2021 09:00

1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan barcha uchun xizmat narxini arzonlashtirish, har toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deyiladi UZTELECOM rasmiy saytidagi xabarda.

O‘QING: 25 maygacha «IKKI KARRA INTERNET» olishingiz mumkin!

Xususan, joriy yil 1 maydan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20 foizgacha (32 ming so‘m) arzonlashtirilishi kutilmoqda. Mazkur xizmat narxi so‘nggi 3 yil ichida 7,5 barobardan ko‘proqqa arzonlashtirilgangini ko‘rsatmoqda.

2020 yil yakunida IP-transport xizmatlari bo‘yicha «Ma’lumotlarni uzatish magistral va multservis tarmoqlarini kengaytirish» loyihasi doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 2 barobarga, tuman markazlarigacha esa 4 barobarga oshirilgan. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021 yil 1 yanvardan IP-transport xizmatlarining narxini 2 barobarga arzonlashtirilgan edi.

2021 yil 1 maydan ushbu xizmatning joriy narxi yana 30% ga arzonlashtirilmoqda.

Bu o‘z navbatida operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

O‘QING: O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 230 mamlakat orasida 21-o‘rinda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.