1 MB uchun 1 so‘m to‘lang!

1 MB uchun 1 so‘m to‘lang!

Beeline Uzbekistan operatori o‘zining yangi OSON 1 tarifini taqdim etdi. Tarifda oyiga 40 ming so‘m to‘lab, oyiga cheksiz* qo‘ng‘iroqlarga ega bo‘lish mumkin. 1 MB va 1 SMS uchun 1 so‘m to‘lash kifoya!

Tarifga o‘tish uchun hisobda kamida 40,250 so‘m bo‘lishi kerak. Tarifga o‘tish bepul. Tarifga ulanish uchun *2*01# USSD so‘rovidan foydalaning.

E’tibor bering: abonent to‘lovi O‘zbekiston bo‘ylab faqat cheksiz qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga oladi. Abonent to‘lovi undirilgandan so‘ng internetdan foydalanish yoki SMS yuborish 1 so‘mdan tariflanadi.

Abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetishmagan taqdirda hisob-kitob 1 MB, daqiqa va SMS uchun 100 so‘mdan tarifikatsiya qilinadi.

* O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu tarif bo‘yicha limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar daqiqasi narxi 1 so‘mdan hisoblanadi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1 ta abonentga belgilanadi, konferent-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi. Tarif reja bo‘yicha berilgan daqiqalar limiti tugaganidan so‘ng, O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi 1 so‘m narxlanadi.

Tarif haqida batafsil ma’lumot mana bu havolada.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!