«1 minutga» qo‘ng‘iroq qiluvchilarga telefon berib turmang!

  •   DiMaX
  •  2546
  •  31.12.2020 17:32

«1 minutga» qo‘ng‘iroq qiluvchilarga telefon berib turmang!

Firibgarlar foydalanadigan usul va vositalar turlicha. Kimdir katta foydani va’da qilsa, boshqasi bitta uyni besh-olti kishiga sotadi, ayrimlar avtomashina bilan bog‘liq qallobliklarning ustasi sanaladi, yana kimdir... Demoqchi bo‘lganimiz – firibgarlarda ham qaysidir ma’noda «ixtisoslashuv» bor, deb yozadi Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati.

O‘QING: Huquqbuzarliklar endi dronlar yordamida aniqlanadi

Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yashovchi 18 yoshli M.A. uyali aloqa vositasini «1 minutga» telefon qilish uchun olib, qaytarib bermaslikning uddasidan chiqadiganlardan. U mazkur yo‘l bilan Jizzax shahri Xayrobod mahallasida yashovchi Sh.M.ga tegishli uyali aloqa vositasini olib ketdi.

Ayni uslubda viloyatning Forish tumani Garasha qishlog‘ida yashovchi S.S.ning uyali aloqa vositasiga ham ega chiqqan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Guliston markazidagi chorrahada raqsga tushgan TikTokerlar 4 sutkaga qamaldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!