1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1709
  •  26.10.2020 14:55

1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

Xiaomi kompaniyasi Xellouin kuniga bag‘ishlab o‘zining Rossiyadagi onlayn do‘konida aksiya e’lon qildi. Uning doirasida shu yilning 1 noyabri, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha turli mahsulotlarni ancha arzonga olsa bo‘ladi.

O‘QING: Opera ishga chaqiryapti: ikki hafta internet kavlab o‘tirganga 8000 yevro maosh!

«Rasprodaja na Xellouin» deb nomlanuvchi ushbu aksiya paytida 4 ming rublgacha chegirmalar, ayrim tovarlar xaridida sovg‘alar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ba’zi gadjetlarga e’lon qilinadigan chegirmalarga xaridorlar ta’sir ko‘rsata oladilar – unga qancha ko‘p layk qo‘yilsa, chegirma hajmi shuncha ortib boradi.

Nafaqat smartfonlar, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, televizor, changyutgich, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

O‘QING: Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Ba’zi smartfonlar xaridida esa turli aksessuarlar: ryukzaklar, 20000 mA/soatgacha bo‘lgan poverbanklar, simsiz quloqchin va aqlli bilaguzuklar hadya tarzida qo‘shib beriladi.

Xullasi kalom, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.