1-sinfga onlayn qabul tizimi ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  2876
  •  16.06.2021 13:42

1-sinfga onlayn qabul tizimi ishga tushdi!

2021-2022 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu to‘g‘rida Xalq ta’limi vazirligi o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qilmoqda.

O‘QING: 24/7 onlayn bo‘lishni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.

Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz Telegram-kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!