1 terabaytlik ilk microSD-karta sotuvga chiqdi – naq bitta iPhone narxida!

  •   DiMaX
  •  2396
  •  16.05.2019 16:24

1 terabaytlik ilk microSD-karta sotuvga chiqdi – naq bitta iPhone narxida!

Ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SanDisk kompaniyasi 1 terabayt hajmli microSD-karta tayyorlagan edi. Android Police nashri xabariga ko‘ra, endi uni sotuvga chiqarishdi.

O‘QING: CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yangicha xotira kartasida ma’lumotlarni o‘qish tezligi soniyasiga 160 megabaytga, unga ma’lumot yozish tezligi esa 90 MB/soniyaga yetadi. Xotira kartasining «A2» darajasida baholanishi esa unga o‘rnatilgan ilovalarning barqaror ishlashidan dalolatdir.

Oddiy smartfon foydalanuvchisi uchun bir terabaytlik qo‘shimcha xotira ortiqchalik qilsa kerak. Lekin Nintendo Switch kabi o‘yin konsollari egalariga, shuningdek, filmlarni sifatli 4K-formatida ko‘chirib olib qo‘yib, o‘ziga qulay paytda tomosha qiluvchilarga bu microSD-karta asqotishi mumkin.

Shunga yarasha, SanDisk ushbu microSD-kartasini anchagina qimmatga baholagan – naq 450 AQSh dollari! Bu esa kupertinoliklarning hamyonbop smartfonlari – iPhone 6S (sotib olish) yoki iPhone SE narxiga taxminan tengdir. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli fleshkalarni 66 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!