1 yanvardan Belarusda 4G texnologiyasi ishlaydi

1 yanvardan Belarusda 4G texnologiyasi ishlaydi

Bu haqda mamlakat aloqa va axborotlashtirish vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shedko televideniye orqali bildirdi.

“Hozirda 4G texnologiyasi test rejimida ishlamoqda. 1 yanvardan boshlab siz va biz undan foydalanishimiz mumkin”, – dedi u. U axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti darajasi bo‘yicha bugun yetakchi davlatlardan ortda qolayotgan Belarus mavqeini o‘nglab olishiga ishonch bildirdi. “Hozircha, 5G va’da qilolmayman, ammo o‘nyillik oxirida ushbu texnologiyani joriy qilish tayyorgarliklarini boshlaymiz”, – dedi Dmitriy Shedko.

Jamoat transportida bu texnologiya payo bo‘lishi haqida to‘xtalayotib “buning texnik imkoniyati borligi, yaqin kunlarda bu masalani hal qilish yo‘lida qaror qabul qilinishi”ni aytib o‘tdi.