10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

  •   DiMaX
  •  596
  •  05.05.2021 16:04

10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Oppo kompaniyasi 6 may kuniga rejalashtirilgan taqdimoti doirasida yangi smartfonlar, K9 seriyasiga kiruvchi televizorlar, shuningdek, Enco Air simsiz quloqchinini taqdim etadi. Bu to‘g‘rida Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: «Fikrlarni o‘qishga» qodir quloqchin yaratildi

Ma’lum qilinishicha, ushbu mustaqil model tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega bo‘ladi – 10 daqiqa davomida elektr tarmog‘iga ulangan naushnik yordamida 8 soat musiqa tinglash mumkin.

Shuningdek, mazkur gadjet Bluetooth 5.2 interfeysini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda, ammo faol shovqin so‘ndirgichlari bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Dizayn borasida Enco Air o‘ziga xoslikka ega emas, quvvatlantirish futlyari an’anaviy ko‘rinishda ishlangan.

Naushnik bir necha xil rangda taqdim etiladi — klassik oq va qoradan tashqari, kombinatsiyalangan ranglar ham bo‘ladi.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!