10 dekabrda Redmi hech kimning xayoliga ham kelmagan mahsulotlarini taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  2607
  •  29.11.2019 15:20

10 dekabrda Redmi hech kimning xayoliga ham kelmagan mahsulotlarini taqdim etyapti!

Xiaomi korporatsiyasi arzon smartfonlar turkumini Redmi brendi sifatida alohida qilib ajratgach, u boshqa turlarda ham mahsulotlar chiqarmoqda. Jumladan, ushbu brend ostida kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin, noutbuk hamda televizor ham namoyish qilingan.

O‘QING: Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Xiaomi Group vitse-prezidenti hamda Redmi brendi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibing) o‘zining yangi intervyusida kompaniyaning navbadagi mahsulotlari haqida so‘z ochdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Redmi’ning navbatdagi tur mahsulotlari – marshrutizator (router) hamda intellektual kolonkalar bo‘ladi.

Ushbu gadjetlarning texnik xususiyatlari hozircha noma’lum, ammo Lu Veybing ulardan birinchilari judayam tez orada taqdim etilishini aytgan. Aniqrog‘i – ular keyingi oyning o‘ninchi sanasida, Redmi K30 smartfoni bilan birga namoyish etiladi.

Aytish kerakki, Xiaomi o‘sha tadbirda yana Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarini ham taqdim etishi kutilmoqda. Ular bilan birga namoyish qilinadigan router va «aqlli» karnay, Redmi an’analariga ko‘ra, o‘z raqiblaridan ancha arzon bo‘lishiga shubha yo‘q. Biroq ularning Xitoydan tashqarida sotuvga chiqishi noma’lum; Terashop.uz internet-do‘konimizda esa har xil rusumlardagi routerlarni va kolonkalarni hoziroq xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Undan nimam kam!?» – Xiaomi ham 140 dollarlik 5G-smartfonlar va’da qilyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!