10 dekabrda Xiaomi nafaqat Redmi K30, balki Pocophone F2 va Mi Mix 4’ni ham taqdim etishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  993
  •  27.11.2019 17:24

10 dekabrda Xiaomi nafaqat Redmi K30, balki Pocophone F2 va Mi Mix 4’ni ham taqdim etishi mumkin!

Redmi K30 flagmanining ikki xil – 5G tarmoqlarida ishlay oluvchi va bu standartni qo‘llamaydigan variantlarda 10 dekabr kuni taqdim etilishi ma’lum bo‘lgan edi. Xiaomi kompaniyasining ushbu matbuot anjumaniga bag‘ishlab tayyorlagan yangi reklama posterida esa boshqa gadjetlar nomlari ham bor!

O‘QING: Xiaomi 5G smartfoni 66 vattda quvvatlanadi

Yangi tizerda teskari sanoq aks ettirilgan va boshqa turkumlardagi Xiaomi smartfonlari ham tilga olingan. Jumladan, 4 raqami ostida Mix brendi ko‘rsatilgan, bu Mi Mix 4 flagmaniga ishora qilayotir. Redmi K30 modelini ifodalash uchun 3 raqami fonida Redmi brendi turibdi. 2 raqamining orqasida Pocophone brendi aks etgani esa Pocophone F2 hamyonbop flagmanini bildiradi.

Lekin kuzatuvchilar ushbu gadjetlarning barchasi 10 dekabrda namoyish etilmaydi, degan fikrni ilgari surishmoqda. Aftidan, Redmi K30 taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda qolgan ikkita flagmanning rasmiy namoyish sanalari aytilsa kerak.

Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!