10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2036
  •  24.10.2018 10:33

10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining ikkinchi avlod o‘yinbop smartfoni – Black Shark Helo modelini taqdim etdi. Xitoydan tashqarida u Xiaomi Black Shark 2 nomi bilan bozorga chiqariladi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Black Shark Helo uchun Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan AMOLED-ekran tanlangan. Diagonaliga 6.01 dyuymlik ushbu displeyning tasvir aniqligi 2160x1080 pikselga teng. Alohida chip evaziga bu ekran tasvirlarni tezkorlik va aniqlik bilan qayta ishlaydi hamda HDR10 standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Geymerofonning korpusi old paneliga stereodinamiklar o‘rnatilgan. Orqa qopqog‘idagi logotipi hamda yonidagi chiziqlari RGB-yoritqichlar bilan ta’minlangan. Xiaomi’ning ta’kidlashicha, Black Shark 2 antennalarining yangicha dizaynda o‘rnatilgani evaziga u har qanday vaziyatda ham simsiz signalni barqaror sifatda qabul qila oladi.

Black Shark Helo dizayniga sal o‘zgarish kiritilgan – orqa panelida kameraning LED-fotochaqnog‘i va ikkita moduli, ular ostida esa barmoq izi skaneri tikkasiga joylangan. Tezkor quvvatlash uchun USB Type-C porti ham mavjud, ammo quloqchin uchun 3.5 millimetrlik tirqish yo‘q.

Mazkur smartfon ham o‘z «ajdod»i kabi, ammo yangilangan suyuqlikli sovitish tizimiga ega – shuning evaziga u har qanday tezkorlikda ishlaganida ham qizib ketmaydi va maksimal chastotada ham naq 6 karragacha uzoq ishlay oladi!

Bundan tashqari, tizimga kiritilgan Gamer Studio dasturiy ta’minoti protsessorning, tarmoqning hamda displey sensorining parametrlarini o‘yinga yoki boshqa vazifalarga moslab sozlash imkonini beradi. Black Shark 2 korpusidagi maxsus tugmacha orqali o‘yin rejimini yoqish mumkin, «sun’iy idrok» esa o‘yinlardagi dinamik sahnalarni anglash va avtomatik tarzda qisqa geympley roliklarini yozib olish qobiliyatiga ega.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 – nostandart ekranli, rekord tezkor xotirali va ilk 5G-smartfon! (+«jonli» va yangi suratlar)

Black Shark Helo texnik xususiyatlari:

  • Displey: AMOLED, 6.01 dyuymlik, 2160x1080 pikselli, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli;
  • Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845, takt chastotasi 2.8 GGs;
  • Xotira: 6, 8 yoki 10 GB hajmli LPDDR4X tezkor xotirasi hamda 128 yoki 256 GBlik flesh-xotira;
  • Asosiy kamera: 12+20 Mp, f/1.75+f/1.75;
  • Old kamera: 20 Mp, f/2.2;
  • Batareya: 4000 mA/soat, Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

«Xitoycha Apple»ning ilk geymerofoni – shu yilning aprelida namoyish etilgan Xiaomi Black Shark modelida geympad alohida sotiladigan bo‘lsa, uning ikkinchi avlodida kontroller yoki geympad ham jamlanmaning o‘ziga qo‘shilgan. Tezkor xotirasi 6 yoki 8 gigabaytlik Black Shark 2 xaridorlariga Bluetooth orqali ulanuvchi, 340 mA/soatlik batareyali kontroller ham beriladi. Eng yuqori – 10 GB «operativka»li versiyadagi geymerofon jamlanmasida esa bundan tashqari sensorli trekpadga ega qo‘shimcha geympad ham mavjud.

Bulardan tashqari, Xiaomi ushbu smartfoni uchun alohida – 99 dollardan sotiladigan maxsus g‘ilof ham ishlab chiqargan. U havo orqali sovituvchi tizimga hamda 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishiga ega.

Eng qiziq joyi – narxi masalasiga kelsak, tezkor/doimiy xotirasi 6/128 gigabaytlik boshlang‘ich versiyadagi Black Shark 2 Xitoyning o‘zida 460 dollarga baholanmoqda. Xotirasi 8/128 gigabaytligi 505 dollar bo‘lsa, rekord darajadagi – 10 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega talqini uchun 605 dollar so‘ralayotir. Aniqrog‘i – «Osmon osti saltanati»da uning savdosi shu oyning oxirida boshlanadi, dunyo bozoriga esa ikkinchi «Qora Akula» keyingi oydan chiqadi.

Ayni damda esa Xiaomi’ning birinchi geymerofoni – shu yilning aprelidan to oktyabrigacha benchmarklarda yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan Black Shark smartfonini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 966 000 so‘mga olishingiz mumkin.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!