10 milliard marta yuklangan ilovalar soni uchtaga yetdi!

10 milliard marta yuklangan ilovalar soni uchtaga yetdi!

«10 milliardli klub» elitasi uchinchi ilova bilan to‘ldirildi. Google Maps 10 milliard martadan ortiq yuklab olindi. Hozircha ushbu shartli klubni elita deb atash mumkin, chunki Google Maps xizmati ushbu klubdagi uchinchi ilovaga aylandi. Google Play va YouTube buni oldinroq uddalagandi.

O‘QING:  Google «Xaritalar»iga endi o‘zingiz yangilik qo‘sha olasiz!

Albatta, bunday yuklamalar soni, birinchi navbatda, Google Maps ilovasi deyarli barcha Android smartfonlarda qadoqdanoq o‘rnatilganligi bilan bog‘liq. Faqatgina katta istisno – bu Xitoy bozori uchun chiqarilgan qurilmalar. Shuningdek, Android Goʼda ishlaydigan smartfonlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin, ularda Google Mapsʼning qisqartirilgan versiyasi Maps Go o‘rnatilgan.

O‘QING: Google Maps’dagi arvohli o‘rmon surati foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!