10 sentyabrgacha ushbu strategiya o‘yinini bepul olib ulguring (+video)

  •   DiMaX
  •  837
  •  05.09.2020 13:58

10 sentyabrgacha ushbu strategiya o‘yinini bepul olib ulguring (+video)

 Ubisoft kompaniyasi qiziqarli The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha tekinga ulashayotgani haqida yozgan edik. Endi esa Epic Games o‘zining onlayn do‘konida ommabop strategiya o‘yinlaridan birini bepul beryapti.

O‘QING: Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Geymerlarga tuhfa etilayotgan Into The Breach nomli ushbu o‘yin 2018 hamda 2019 yillarda bir nechta nominatsiyalar bilan mukofotlangan. Bu – qadam-baqadam strategiya turiga mansub o‘yin bo‘lib, geymer unda ulkan jangovar mashinalar otryadini boshqarishi va ular vositasida Yerni gigant maxluqlardan himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Geympley xuddi shaxmat taxtasidagi kabi 8x8 formatidagi landshaft xaritalarida kechuvchi janglar turkumidan iborat. Har bir jangda beshta yurish mavjud; unda tinch aholi yashirinib olgan elektrostansiyalarning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik va qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish talab etiladi.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Into The Breach xaritalarida g‘olib bo‘lib, o‘yinchi reputatsiya ochkolari to‘playdi, ular evaziga esa qo‘shimcha qurollar xarid qilish, mashinalarni yaxshilash hamda ular uchun pilotlarni taklif etish mumkin. Pilotlar dushmanlarni yo‘q qilishda tajriba orttirib boradi va bu bilan nafaqat o‘z mashinasiga, balki butun guruhga ham bonus imkoniyatlarini taqdim etadi.

Geymer shu tariqa turlicha landshaftga ega bo‘lgan beshta orolni dushmanlardan tozalagach, beshinchi orolda – yakuniy olishuvda butkul g‘alaba uchun kurashadi.

Epic Games Store do‘konidan Into The Breach o‘yinini bepul olib qo‘yish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz. Yodda tuting: uning tekin tarqatilish vaqti 10 sentyabrda tugaydi, lekin shungacha olib qo‘ysangiz, keyin istalgan payt bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.