10 yilda internet tezligi qancha oshdi va O‘zbekistondagi holat qanday? (Speedtest reytingi)

  •   DiMaX
  •  2188
  •  15.06.2020 11:55

10 yilda internet tezligi qancha oshdi va O‘zbekistondagi holat qanday? (Speedtest reytingi)

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi so‘nggi o‘n yillikda mobil va statsionar (simli) internet tezligi qanchalik o‘sganini e’lon qildi. Unda ayni damda O‘zbekistondagi internet tezligi ko‘rsatkichlari ham aks etgan.

O‘QING: Speedtest: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida simli va mobil internet tezligi oshdi

Oxirgi o‘n yil ichida ayrim mmlakatlarda o‘rtacha internet tezligi o‘n karragacha o‘sgan. Masalan, Janubiy Koreyada bu ko‘rsatkich 2010 yili atigi 13 Mbit/soniya bo‘lgan, hozirda esa 120,1 Mbit/soniyaga yetgan.

Ko‘rib turganingizdek, hozir dunyo bo‘yicha mobil internetning o‘rtacha tezligi 30.89 Mbit/soniya, statsionar internet tezligi esa 74.74 Mbit/soniyani tashkil etayotir.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Hozir simli internet tezligi bo‘yicha Singapur birinchi o‘rinda – naq 198,46 Mbit/soniya! Mobil internet esa Janubiy Koreyada eng tezkor – 88,01 Mbit/soniya.

Yuqoridagi skrinshotda chapda – mobil, o‘ngda – statsionar internetning o‘rtacha tezligi bo‘yicha eng ilg‘or mamlakatlar reytingi keltirilgan. Darvoqe, reytingdagi ko‘rsatkichlar 2020 yilning aprel oyidagi holatni aks ettiradi.

O‘QING: Butun sayyoraga internet tarqatuvchi Starlink saytida allaqachon ulanishga ariza berishingiz mumkin!

Kuchli o‘nlik ko‘rsatkichlari oldida O‘zbekistondagi internet tezligi, yumshoqroq qilib aytganda, o‘ta g‘arib ko‘rinadi:

Yurtimiz mobil internet tezligi bo‘yicha 9,68 Mbit/soniyalik ko‘rsatkich bilan 133-o‘rinda bo‘lsa, simli internet borasida 94-pog‘onani egallagan – 25,88 Mbit/soniya.

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!