"100% ahmoqlar nazariyasiga asoslangan"

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Bill Geyts, seshanba kuni bo'lib o'tgan iqlim o'zgarishi haqidagi konferensiyada o'zining NFT'lar haqidagi fikrini ma'lum qildi. Milliarderning aytishicha, o'zgarmas tokenlar "100% kattaroq ahmoqlar nazariyasiga asoslangan" bo'lib, bu "moliyaviy tushunchada, siz, hatto, haddan tashqari qimmat aktivlarni ham sotib pul ishlashingiz mumkin, agar uni sotish uchun kattaroq ahmoq topsangiz."

Microsoft asoschisining o'zi esa ferma yoki zavodlar kabi aniq natijalar beradigan, yoki biron mahsulot ishlab chiqaradigan kompaniyalarga investitsiya qilishni afzal ko'radi.

"Men bunga aralashmayman. Men bu narsalarning birontasida ham kam yoki ko'p emasman." deydi Geyts. Shuningdek, u bunday aktivlar "soliq yoki bironta hukumat qoidalaridan qochishga mo'ljallangan"ligidan shubhalanishini aytadi.

"Aniqrog'i, maymunlarning qimmatbaho raqamli tasvirlari dunyoni sezilarli darajada yaxshilaydi", deb kinoya qiladi Geyts, Bored Ape Yacht Club NFT loyihasiga ishora qilib.

Bu Geytsning kriptovalyutalarga birinchi marta shubha bildirishi emas. 2021-yil fevral oyida bo'lib o'tgan intervyusida u investorlarning Bitcoin'ni sotib olishlari xavfidan xavotirda ekanligini bildirgan,
ayniqsa, kriptovalyutaning qiymati juda o'zgaruvchan va Ilon Mask kabi taniqli investorning tvitiga asoslanib tushib ketishi mumkin bo'lganida.

O'QING: Pavel Durov Apple'ni yana tanqid qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.