100 dollarlik eng zo‘r smartfonni Oukitel tayyorladi: Helio P60, 4/64 GB xotira, FullHD+, kvadrokamera...

  •   DiMaX
  •  3543
  •  29.07.2020 16:48

100 dollarlik eng zo‘r smartfonni Oukitel tayyorladi: Helio P60, 4/64 GB xotira, FullHD+, kvadrokamera...

Oukitel kompaniyasi avvalroq u Xiaomi Mi CC9 Pro kamerofonidan zo‘r makrosurat oluvchi Oukitel C18 Pro modelini taqdim etgan. Batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» Oukitel WP5 Pro smartfonini esa u 130 dollardan sota boshlagan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!

Bu kompaniya endi o‘z rasmiy saytida yangi smartfoni – Oukitel C21 modelining sahifasini ochdi, uning namoyishi 11 avgustga belgilangan. Xabarlarga ko‘ra, oldindan buyurtma berish bosqichida uning narxi 100 dollardan ham arzon bo‘ladi.

Oukitel C21 apparat ta’minoti asosini Helio P60 protsessori tashkil etadi. Smartfonning tezkor va doimiy xotirasi esa tegishlicha 4 va 64 gigabaytlik hajmga ega.

Akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lgan Oukitel C21 smartfoni qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim qilinadi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (30-hafta)

Yangi smartfonning ekrani diagonaliga 6,4 dyuymlik bo‘lib, tasvir uzatishi FullHD+ formatida. Displeyning yuqori chap burchagida o‘yilgan tirqishda naq 20 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Oukitel C21 bosh kamerasi to‘rt modulli bo‘lib, uning asosiy sensori 16 megpiksellik aniqlikka ega. Bosh kameraning to‘rtburchak blogiga barmoq izi skaneri ham joylangan.

O‘QING: Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!