100 megapikselli kameradan foyda bormi?

100 megapikselli kameradan foyda bormi?

Megapiksel poygasi ayni avjida. Bir yil oldin dunyo 48 megapikselli sensorlardan hayratga tushgandi, biroz vaqt o‘tgach, 64 megapikselli sensorlar paydo bo‘ldi va o‘tgan yilning oxirida esa 108 megapikselli kamera ko‘rinishida ajoyib syurpriz tayyorlandi.

Xiaomi CC9 Pro bilan 100 megapikselli chegarani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi va tabiiyki, kompaniya bunday kamera foydali ekanligiga barchani ishontirishga urinmoqda. Axir, ushbu smartfon kamerasi uni Huawei Mate 30 Pro bilan tenglashtirgan DxOMark mutaxassislarini bekorga hayratga solmagan.

Ammo, hamma kompaniyalar ham megapikselni oshirishni asosli yechim deb bilishmaydi. Huawei, Honor va Sony bu narsaning hozirgi bozorga zarur bo‘lgan “yangilik“ emasligini aytishmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, 100 megapikselli sensorlar hozirgi paytda to‘g‘ri tanlov emas. Boshqacha qilib aytganda, ular bu jarayonni “miqdor sifatga aylangan“ holat emas deb hisoblashmoqda.

Yaqinda Sony o‘zining 100 megapikselli modelini taqdim etadi degan mish-mishlar tarqalgandi. Ammo kompaniyaga yaqin manbalar bu ma’lumotni inkor etmoqda.
 
O‘z navbatida, Honor o‘zining 2020-yilgi flagmanlarida kameralar katta pikselli sensorlarga ega bo‘lishini ma’lum qildi. Shunday qilib, 108 megapiksel sensordagi har bir pikselning o‘lchami 0,8 mkm ga teng, shunda kamera pikseli 1 mkm o‘lcham bilan flagman smartfonlar kameralari uchun zarur bo‘lgan fotosurat sezgirligi va tasvir sifatini ta’minlaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 DxOMark reytingida birinchi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!