1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

  •   DiMaX
  •  14141
  •  04.05.2020 15:04

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Samsung kompaniyasining asosan o‘z smartfonlarida qo‘llanuvchi Exynos turkumidagi mobil protsessorlari anchadan beri tanqidlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Shu boisdan ham janubiy qoreyalik gigant oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti.

O‘QING: MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

Exynos kamchiliklari yana bir marta isbotlandi, tag‘in Samsung’ning eng qimmat flagmanlaridan biri – Galaxy S20+ misolida. Ushbu smartfon o‘yin testida o‘zidan deyarli besh baravar arzon Redmi Note 8 Pro modeliga yengildi!

O‘yin testining «jonli» videosini Chun Lyu (Chong Liu) ismli bloger e’lon qilgan:

Bloger har ikkala smartfonda PUBG Mobile o‘yinini o‘ynab va jarayonni taqqoslab ko‘rsatgan. O‘n daqiqalik o‘yindan so‘ng Galaxy S20+ ekranining yangilanish chastotasi soniyasiga 50 kadrga, 20 daqiqa o‘tgach esa 40 kadrga tushib qolgan. Samsung flagmanidagi kabi jiddiy muammolar Redmi smartfonida kuzatilmagan, yana u ko‘p qizib ham ketmagan.

O‘QING: MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

Redmi Note 8 Pro modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan, hatto bu smartfonga boshqa proshivka o‘rnatganda «g‘ishtga aylanib» qolgan. Ammo baribir uning «elektron yuragi» bo‘lmish Helio G90T protsessori Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

Aytish kerakki, ayni shu Redmi Note 8 Pro qurilmasi AnTuTu benchmarkining mart oyidagi eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytingida yetakchi bo‘lgan. Avvalroq biz Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalarining farqlarini taqqoslab videotavsif ham e’lon qilgandik.

 O‘QING: Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.