108 MP ham ommabop Xiaomi flagmaniga naf bermadi, lekin u baribir Galaxy Note 20 Ultra’lardan yuqorida!

  •   DiMaX
  •  1925
  •  25.12.2020 10:47

108 MP ham ommabop Xiaomi flagmaniga naf bermadi, lekin u baribir Galaxy Note 20 Ultra’lardan yuqorida!

«Xitoycha Apple» oktyabrning boshida biryo‘la ikkita flagman – Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellarini taqdim etgan, shuningdek, «yengillashtirilgan» Xiaomi Mi 10T Lite smartfonini namoyish qilgan. Bular orasidan Pro-versiyadagisi o‘shandan beri eng ommabop smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir.

O‘QING: Xiaomi rasmiy videoda eng so‘nggi flagmanining «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatdi

Xiaomi Mi 10T Pro flagmanining afzalliklaridan biri – bosh kamerasidagi naq 108 megapiksellik asosiy datchigidir. Lekin kameraning ko‘p megapikselli bo‘lishi uning a’lo sifatli suratlar olishi uchun unchalik muhim emas; buni DxOMark mutaxassislari ayni shu model misolida yana bir karra isbotlashdi.

Xiaomi Mi 10T Pro 5G ushbu laboratoriya testida atigi 118 ball bilan atigi 23-o‘rinni oldi, xolos. Aytish kerakki, 18 megapikseli bilan u kamerasi 12 MPlik sensorlarga ega bo‘lgan Apple iPhone 11 hamda 48+8+5 MPlik OnePlus 8 Pro modellari orasidan joy oldi. Shunga qaramay, uning ko‘rsatkichlari Samsung kompaniyasining ikkita zo‘r flagmani – Galaxy Note 20 Ultra 5G (Snapdragon chipli) va Galaxy S20+ (Exynos) natijalaridan yuqori.

O‘QING: Barcha variantlardagi Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra narxlari chiqdi: chindanam Galaxy S20’lardan arzon!

DxOMark ekspertlari Xiaomi Mi 10T Pro 5G kamerasining bir qator ijobiy xususiyatlari bilan birga, past ball olishiga sabab bo‘lgan salbiy jihatlarini ham sanab ko‘rsatishgan. Jumladan, o‘ta keng burchakli ob’yektiv yordamida olingan suratlarda detallashtirish past; yaxshi yoritilmagan sharoitlarda video va foto dinamik diapazoni cheklangan; fokuslash masofasining noto‘g‘ri hisoblanishi tufayli boke effekti yaxshi chiqmaydi.

Xiaomi Mi 10T Pro kamera testlarining tafsilotlari bilan (ingliz tilida) tanishish uchun DxOMark saytidagi mana bu sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, har qanday Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usulini bilasizmi? Bunda smartfonlarning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shish yo‘lini-chi?

Aytish kerakki, kompaniya o‘zining Xiaomi Mi 11 turkumidagi smartfonlarida ham 108 megapiksellik kamera qo‘llashi tasdiqlangan. Lekin ularning suratga va videoga olish imkoniyatlari bundan baland bo‘lishini kutish o‘rinli.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 sotuvga chiqdi: barcha variantlarining narxlari bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!