108 MPlik eng arzon kamerofon namoyish kunini Redmi rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  2122
  •  13.02.2021 11:27

108 MPlik eng arzon kamerofon namoyish kunini Redmi rasman aytdi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi o‘zining Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro flagmanlarining namoyish kunini e’lon qilgan. Yaqinda biz ularning ilk rasmiy «jonli» suratlarini, keyin esa asosiy xususiyatlari aks etgan skrinshotlarini ham chiqarganmiz. Biroq kompaniyaning yana bir turkum smartfonlari kutilyapti...

O‘QING: Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

Xiaomi India boshqaruvchi direktori hamda global vitse-prezident Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) kuni kecha o‘zining Twitter-akkauntida Redmi Note 10 turkumidagi kamerofonlarning tizerini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu smartfonlar 10 mart kuni rasman taqdim etiladi.

Videotizerning o‘zida Redmi Note 10 turkumining kamerasiga asosiy urg‘u berilgan. Xitoy bozoriga chiqarilgan Redmi Note 9 Pro 5G modelining bosh kamerasida 108 megapiksellik asosiy datchik qo‘llanganiga qaraganda, o‘ninchi avlod fabletlarida ham shunday kamera kutish o‘rinli.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu turkumda Redmi Note 10 4G (yoki oddiygina Redmi Note 10), Redmi Note 10 Pro 4G hamda Redmi Note 10 Pro 5G (yoxud Redmi Note 10 Pro) modellari kiradi.

Insayderlar Redmi Note 10 turkumining 108 megapiksellik kameraga ega eng arzon smartfonlar bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: «Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari