108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

  •   DiMaX
  •  4863
  •  23.01.2021 10:41

108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Kuni kecha biz Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21 Ultra smartfonining avtonomligi Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlariniki bilan solishtirilgan videoni ulashgan edik. Endi esa Samsung’ning ayni damdagi eng zo‘r telefoni kamerasi uning ashaddiy raqibi – Apple’niki bilan taqqoslangan video chiqdi.

O‘QING: Galaxy Unpacked’ning barcha roliklari bitta joyda: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro hamda Galaxy SmartTag bilan to‘liq tanishamiz!

Mrwhosetheboss kanalida Galaxy S21 Ultra kamera imkoniyatlarini iPhone 12 Pro Max’niki bilan qiyoslab ko‘rsatilgan videotest e’lon qilindi. Garchi ushbu ikki model har ikkala kompaniyaning ayni damdagi eng zo‘r smartfoni bo‘lsa-da, janubiy koreyaliklarning flagmani bosh kamerasida 108 megapiksellik, kupertinoliklarnikida esa atigi 12 megapiksellik datchik qo‘llangan.

Video ancha uzun chiqqan va unda har ikkala telefonning kamera imkoniyatlari batafsil taqqoslangan. Turli ssenariylar bo‘yicha suratga olishda goh Galaxy S21 Ultra, gohida esa iPhone 12 Pro Max ustun kelgan. Vlogerning o‘zi janubiy koreyaliklarning flagmanini g‘olib deb topgan, lekin siz ularga o‘zingiz baho berishingiz mumkin:

Samsung flagmanining ustunliklari telekamera hamda makrokamera imkoniyatlari kengroq ekanida va rasmlarning umumiy sifati yaxshiroq ekanidadir. Apple vakili esa videos’yomka sifati bo‘yicha hamda tunda suratga olish borasida g‘olib kelgan.

Darvoqe, kuni kecha xitoyliklar mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogarlik qiluvchi yangi kamerofonni taqdim etishgan. Garchi uning bosh kamerasida aniqligi 50 megapiksellik sensor qo‘llangan bo‘lsa-da, boshqa datchiklari, kompaniyaning o‘z texnologiyasi hamda Zeiss optikasi bilan u DxOMark’ning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lishi mumkin. Hozircha esa...

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!