108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  949
  •  16.03.2021 11:45

108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!

Xiaomi korporatsiyasi yaqinda Mi 10 flagmanining yanda takomillashgan versiyasi – Xiaomi Mi 10S modelini taqdim etdi. Dizayniga ko‘ra Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmaniga ko‘proq o‘xshaydigan mazkur gadjet birdaniga DxOMark audioreytingida yetakchiga aylanib ham ulgurdi. Bunisiyam mayli...

O‘QING: Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

Kompaniya endi ushbu flagmanini dunyo bozoriga tayyorlamoqda va uning global versiyasi xitoychasidan farq qiladi. Google Play Console ma’lumotlar bazasida uni hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) payqab qolgan.

Bu yerda global talqindagi Xiaomi Mi 10S smartfonining protsessori sifatida SM8350 ko‘rsatilgan, bu esa Qualcomm kompaniyasining eng kuchli – Snapdragon 888 chipsetidir. Eslatib o‘tamiz, flagmanning xitoychasi Snapdragon 870 chipi bazasida ishlaydi, ya’ni – global versiyasi yanada kuchli bo‘ladi.

Dunyo bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Mi 10S flagmanining namoyish va sotuv vaqtlari hozircha noma’lum. Lekin uning xitoychasi taqdim etiliboq eng ommabop smartfonlar top-o‘ntaligida birdaniga uchinchi o‘rinni olgan.

O‘QING: Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!