11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!
Samsung kompaniyasi 11 avgust kuni Galaxy Unpacked tadbirida Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlarini, Galaxy Buds 2 quloqchini hamda Galaxy Watch 4 rusumli yangi aqlli soatini namoyish etgan. Biz shulardan birinchisining haqida yozganmiz, qolganlarining ayrim jihatlarini, uchtasining narxlarini, bittasining anboksing videosini e’lon qilganmiz.
O‘QING: Samsung kutilmaganda Galaxy S21 FE suratini rasmiy Instagram-sahifasiga chiqardi!
Galaxy Unpacked 2021 tadbirini tomosha qila olmaganlar uchun Samsung unda ko‘rsatilgan devayslarining rasmiy roliklarini chiqardi.
Dastlabki lavha Galaxy Z Fold 3 hamda Galaxy Z Flip 3 buklamafonlariga bag‘ishlangan:
Galaxy Watch 4 va Galaxy Watch 4 Classic aqlli soatlariga nazar solamiz:
Bu smartvotchlar 5 nanometrlik platforma, chiroyli dizaynga ega hamda salomatlik holatini kuzatish uchun eng ommabop funksiyalari mavjud.
Shuningdek, kompaniya Galaxy Z Fold 3 ichki ekranida S Pen stilusi qanday ishlashi haqida ma’lumot beruvchi alohida videorolik ham tayyorlagan:
Aytish kerakki, Galaxy Z Fold 3 hamda Z Flip3 smartfonlari – IPX8 standartiga ko‘ra himoyalangan, suv o‘tkazmas ilk bukiluvchi gadjetlardir. Samsung buni qay tarzda uddalaganini mana bu lavhada ko‘ramiz:
Va nihoyat, oxirgi video Samsung Galaxy Buds 2 simsiz quloqchini haqida:
Yuqoridagi qurilmalarning barchasiga allaqachon buyurtma ochilgan, ularning ochiq savdosi esa 27 avgustda boshlanadi. O‘zbekistonda sotilayotgan ayrim Samsung Galaxy smartfonlarining avgust oyidagi narxlarini esa mana bu yerda e’lon qilganmiz.
O‘QING: Yangi smartfon Galaxy S21 Ultra’ning «burnini yerga ishqab», uch karra rekordchi bo‘ldi!