«1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasi: SMS-to‘plamni sovg‘aga oling!

  •   DiMaX
  •  656
  •  20.07.2020 15:02

«1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasi: SMS-to‘plamni sovg‘aga oling!

Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) uyali aloqa operatori avvalroq «MEGAbaytlar +25%» aksiyasini e’lon qilgan edi. Bugun – 20 iyuldan esa u navbatdagi aksiyasini boshladi.

O‘QING: «Omad Plus» tarif rejasi chiqdi, lekin bittagina shahar aholisi uchun!

Ushbu operator abonentlari 2020 yilning 20 iyul sanasidan 20 sentyabr sanasigacha «1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasidan foydalana oladilar. Ya’ni, «Daqiqalar to‘plami» xarid qilganlarida, xuddi shunday SMS-to‘plamga mutlaqo bepul ega bo‘lishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mobiuz abonentlari 60, 120, 180, 300, 900, 1200, 1800 daqiqalik to‘plamlarni faollashtirishlari mumkin. To‘plamlarga kiritilgan daqiqalardan taqmoq ichida, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish mumkin.

Endi esa, aksiya doirasida, xuddi o‘sha to‘plamdagi daqiqalar miqdoridagi SMS-to‘plam ham bonus tarzida taqdim etiladi. Mazkur to‘plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi.

Daqiqalar to‘plamiga hamda «1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasiga oid batafsil ma’lumotni esa ushbu havola orqali operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda