11 dekabrda chiqadigan Vivo Nex Dual Screen ilk «jonli» video va rasmlarda: ikki ekranli, displeyi daktiloskopli, uchtalik kamerali smartfon!

  •   DiMaX
  •  941
  •  05.12.2018 16:08

11 dekabrda chiqadigan Vivo Nex Dual Screen ilk «jonli» video va rasmlarda: ikki ekranli, displeyi daktiloskopli, uchtalik kamerali smartfon!

Vivo kompaniyasi yangi texnologiyalarni o‘z qurilmalariga joriy etishda ko‘plab yetakchi smartfonsozlardan oldinlab ketganidan xabaringiz bor. Jumladan, u joriy yilning iyunida Vivo Nex S hamda Nex S smartfonlarini taqdim etgandi.

O‘QING: Eng innovatsion, rekordchi romsiz va yana bir qator texnologiyalarda yetakchi Vivo NEX smartfonlari taqdim etildi! (+video)

Bu kompaniya mazkur turkumdagi yangi flagmani – Vivo Nex 2 modelini tayyorlayotgani haqida ham xabar berganmiz. «Jonli» suratlar mazkur flagmanning chindan ham ikkita ekranga ega ekanligini tasdiqladi:

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, ushbu smartfon  Vivo Nex Dual Screen deb nomlanadi va 11 dekabr kuni Shanxay shahridagi tadbirda rasman namoyish qilinadi.

Uning asosiy displeyiga barmoq izi datchigi ham joriy etilmoqda, orqa panelidagi ikkinchi ekranning tepasida esa uch modulli kamera joylashgan.

O‘QING: Vivo ham allaqachon 5G-smartfon tayyorlabdi, uni ishlayotgan holatida «jonli» tomosha qiling!

Bugun esa mana shu Vivo Nex Dual Screen smartfonini har ikki tomonidan ko‘rsatuvchi «jonli» video ham tarqaldi:

Ushbu smartfon yakka kristalli Snapdragon 845 protsessoriga, 10 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Shuningdek, mazkur flagman tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ham ta’minlanishi aytilgan.

O‘QING: Atigi 230 dollarlik Vivo Z3 – kompaniyaning ilk o‘yinbop smartfoni taqdim etildi