11 yashar qizning qo‘lidagi iPhone yonib ketdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1483
  •  15.07.2019 12:06

11 yashar qizning qo‘lidagi iPhone yonib ketdi! (+video)

Smartfonlar bilan bog‘liq noxush holatlardan biri – ularning qizish tufayli tutab, yonib va hatto portlab ketishidir. Terabayt.uz saytida Galaxy S10 5G, Xiaomi Mi Note 3, iPhone XS Max, iPad va boshqa rusumlardagi ayrim qurilmalarning yonib ketgani, shuningdek, iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar e’lon qilindi

Kuni kecha Kaliforniyada o‘n bir yoshli, Kayla Ramos (Kayla Ramos) ismli qizning qo‘lida iPhone 6 yonib ketdi. Uning aytishicha, o‘sha paytda smartfon orqali YouTube saytida videorolik tomosha qilayotgan ekan. Kutilmaganda ayfondan uchqunlar sachray boshlagan va Kayla uni krovatga tashlagan. iPhone butkul yonib ketgan, krovat ustidagi adyolni kuydirib ham qo‘ygan. Yaxshiyamki, egasi bundan hech shikastlanmagan.

Mana, bu haqda quyidagi videoni (inglizchada) ko‘rishingiz mumkin:

Kaylaning onasi ushbu masala yuzasidan Apple qo‘llab-quvvatlash markaziga, keyin esa servis markaziga ham murojaat etgan. Kuyib ketgan iPhone 6 o‘rniga unga yangisini berishgan va gadjetning yonishi sababini aniqlashga va’da berishgan.

Ayolning ta’kidlashicha, iPhone shu paytgacha ta’mirlanmagan, unga nooriginal quvvatlash kabelini ulashmagan. Shu boisdan uning yonib ketishi sababi ham noma’lum, Apple’ning o‘zi ham mazkur holat yuzasidan biror izoh bermagan. Odatda smartfonlarning kuyishi, tutashi, portlashi kabi holatlarga akkumulyatorning qizib ketishi sabab bo‘ladi.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari