12 GB «operativka»li hamyonbop Realme GT Neo flagmani Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1733
  •  29.03.2021 16:44

12 GB «operativka»li hamyonbop Realme GT Neo flagmani Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Bilasizki, OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi 4 mart kuni Realme GT rusumli superflagmanini taqdim etgan. Mazkur qurilma eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

Kompaniya endi uning hamyonbop versiyasi – Realme GT Neo modelini ham tayyorladi va ushbu haftada – 31 mart kuni rasman taqdim etmoqchi. Dimensity 1200 chipli mazkur qurilmani 6, 8 va 12 gigabaytlik tezkor xotirali variantlarda taklif etishadi.

Smartfonlar samaradorligini test qiluvchi Geekbench platformasida eng katta «operativka»li Realme GT Neo allaqachon tekshirib ko‘rildi. Android 11 tizimli qurilma yakka yadroli sinovda 975 ball to‘plagan bo‘lsa, barcha yadrolar ishtirokidagi imtionda 3320 ball olgan.

Realme GT Neo smartfoni USB-C portiga, ikkita stereodinamikka hamda Dolby Atmos texnologiyasiga ega. Kompaniya uning akkumulyatori 4500 mA/soatlik, vazni esa atigi 179 gramm ekanligini ham tasdiqlagan. Bosh kamerasida asosiy sensor 64 megapiksellik, barmoq izi skaneri esa korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan.

Realme kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Syuy Si (Xu Qi) bugun rasman ma’lum qilishicha, Realme GT Neo uchun allaqachon 2 milliondan ortiq oldindan buyurtma olingan. Mazkur smartfonning boshlang‘ich versiyasi taxminan 300 dollar atrofida bo‘lishi kutilayotir.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman Geekbench’da: bu sizga Redmi K40 Pro emas!