12 oylik «Sovg‘alar marafoni»: har oyda PlayStation 4, Apple Airpods, Galaxy Watch yoki Xbox One yutib olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  758
  •  19.01.2021 16:53

12 oylik «Sovg‘alar marafoni»: har oyda PlayStation 4, Apple Airpods, Galaxy Watch yoki Xbox One yutib olishingiz mumkin!

Ucell kuni kecha onlayn do‘kon bilan hamkorlikda yangi smartfon xaridida 3000 megabaytlik bonus berish aksiyasini joriy etgan edi. Operator endi «Sayqal Solutions» MChJ kontent-provayderi bilan hamkorlikda 12 oylik «Sovg‘alar marafoni» aksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Naq to‘qqizta tarifda daqiqa, SMS va megabaytlar limitlari cheksizgacha oshirildi!

Xabarga ko‘ra, Ucell abonentlari har oyda PlayStation 4, Apple Airpods, Samsung Galaxy Watch yoki Xbox One yutib olishlari mumkin. Buning uchun kontent-provayderning istalgan servisiga obuna bo‘lish kerak. Obuna bo‘lish esa tegishli SMS-servisning kalit so‘zini 8707 qisqa raqamiga yuborish va faol ishtirokchi bo‘lish kifoya.

Ishtirokchiga aylanish uchun abonent obuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan servislar va buyruqlar:

Servisga obunani bekor qilish uchun STOP va ulangan xizmatning kalit so‘zini 8707 qisqa raqamiga yuborish lozim. Misol: rus tilli foydalanuvchilar uchun STOP AD yoki o‘zbek tilli foydalanuvchilar uchun STOP LT.

O‘QING: Yana bir operatordan 90% chegirma, tag‘in naq 28 fevralgacha!

«Sovg‘alar marafoni» aksiyasining o‘tkazilish jadvali esa quyidagicha:

2021 yil 15 yanvardan 2021 yil 15 fevralgacha (sovrin – PlayStation 4)

2021 yil 15 fevraldan 2021 yil 15 martgacha – (sovrin – Apple Airpods)

2021 yil 15 martdan 2021 yil 15 aprelgacha – (sovrin – Galaxy Watch)

2021 yil 15 apreldan 2021 yil 15 maygacha – (sovrin – PlayStation 4)

2021 yil 15 maydan 2021 yil 15 iyungacha – (sovrin – Apple Airpods)

2021 yil 15 iyundan 2021 yil 15 iyulgacha – (sovrin – Galaxy Watch)

2021 yil 15 iyuldan 2021 yil 15 avgustgacha – (sovrin – PlayStation 4)

2021 yil 15 avgustdan 2021 yil 15 sentyabrgacha – (sovrin – Apple Airpods)

2021 yil 15 sentyabrdan 2021 yil 15 oktyabrgacha – (sovrin – Galaxy Watch)

2021 yil 15 oktyabrdan 2021 yil 15 noyabrgacha – (sovrin – PlayStation 4)

2021 yil 15 noyabrdan 2021 yil 15 dekabrgacha – (sovrin – Apple Airpods)

2021 yil 15 dekabrdan 2022 yil 15 yanvargacha – (sovrin – Xbox One)

Ulangan har bir servis uchun xizmat narxi kuniga QQS bilan 550 so‘mni tashkil etadi. «Sovg‘alar marafoni» aksiyasi haqida batafsil ma’lumot kontent-provayderning saytidagi ommaviy ofertada ko‘rsatilgan: www.sayqal.uz/oferta

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!