12 ta mamlakatda smartfon bozorini Xiaomi zabt etdi

  •   DiMaX
  •  604
  •  19.05.2021 17:01

12 ta mamlakatda smartfon bozorini Xiaomi zabt etdi

Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi brendi bosh menejeri Lu Veybing (Lu Weibing) bugun kompaniyaning yana bir yutug‘ini e’lon qildi. Weibo tarmog‘ida uning yozishicha, joriy yilning 1-choragida Xiaomi kompaniyasi mahsulotlari o‘n ikkita mamlakatning smartfon bozori lideriga aylangan.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Bular quyidagi mamlakatlardir: Ispaniya, Rossiya, Polsha, Belorussiya, Ukraina, Xorvatiya, Litva, Malayziya, Hindiston, Nepal, Myanma va Kolumbiya.

Lu Veybing ta’kidlashicha, Xiaomi allaqachon Yevropa smartfon bozorida ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Sharqiy Yevropada esa u ketma-ket ikkita kvartalda yetakchilik qilmoqda.

G‘arbiy Yevropada uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda Xiaomi o‘ta ommabop. Masalan, Ispaniya smartfon bozorida u beshta chorakdan beri yetakchilikni qo‘ldan bermayapti.

O‘QING: Apple eplay olmagan ishni Xiaomi qoyillatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!