12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  3377
  •  15.07.2019 17:12

12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

Kupertinolik korporatsiyaning ayfonlari – eng qimmat smartfonlardan hisoblanadi. Lekin ulardan har bir modeli uchun qancha narx belgilanganini bilasizmi?

O‘QING: iPhone XS/XS Max: xarid qilmaslikning o‘nta sababi bor

2007 yili taqdim etilgan ilk iPhone narxi 499 dollar bo‘lgan. O‘shanda ichki xotirasi 4 gigabaytlik ayfon shunaqa narxlangan. Biroq inflyasiyani hisobga olganda, hozirda bu qiymat 600 dollardan oshiqroqqa to‘g‘ri keladi. Eng so‘nggi – iPhone XS flagman modelining esa eng kam, ya’ni 64 gigabaytlik versiyasi boshlanishidanoq 999 dollarga baholangan.

Erinmagan qiziquvchilar barcha iPhone’larning boshlang‘ich – eng kichik ichki xotirali versiyalarining taqdimot vaqtidagi narxlarini ro‘yxat tarzida terib chiqishibdi. Ularga qarab turib, Apple o‘z smartfonlari narxlarini qay tarzda oshirib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, inflyasiyani hisobga olgan holda, o‘z davridagi narx hozirgi necha dollarga to‘g‘ri kelishi ham qavs ichida ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘QING: Ikkinchi marta “yetim qolgan“ iPhone xronologiyasi

Xullasi kalom, turli rusumlardagi ayfonlarning o‘zaro narxlarini solishtiramiz:

  1. iPhone (2007): 499 dollar (inflyasiya bilan – 605 dollar)
  2. iPhone 3G (2009): 599 dollar (inflyasiya bilan – 691 dollar)
  3. iPhone 3GS (2009): 599 dollar (inflyasiya bilan – 700 dollar)
  4. iPhone 4 (2010): 599 dollar (inflyasiya bilan – 692 dollar)
  5. iPhone 4S (2011): 649 dollar (inflyasiya bilan – 722 dollar)
  6. iPhone 5 (2012): 649 dollar (inflyasiya bilan – 708 dollar)
  7. iPhone 5C (2013): 549 dollar (inflyasiya bilan – 584 dollar)
  8. iPhone 5s (2013): 649 dollar (inflyasiya bilan – 700 dollar)
  9. iPhone 6 (2014): 649 dollar (inflyasiya bilan – 688 dollar)
  10. iPhone 6 Plus (2014): 749 dollar (inflyasiya bilan – 784 dollar)
  11. iPhone 6s (2015): 649 dollar (inflyasiya bilan – 689 dollar)
  12. iPhone 6s Plus (2015): 749 dollar (inflyasiya bilan – 783 dollar)
  13. iPhone SE (2016): 399 dollar (inflyasiya bilan – 425 dollar)
  14. iPhone 7 (2016): 649 dollar (inflyasiya bilan – 679 dollar)
  15. iPhone 7 Plus (2016): 769 dollar (inflyasiya bilan – 804 dollar)
  16. iPhone 8 (2017): 699 dollar (inflyasiya bilan – 715 dollar)
  17. iPhone 8 Plus (2017): 799 dollar (inflyasiya bilan – 809 dollar)
  18. iPhone X (2017): 999 dollar (inflyasiya bilan – 1022 dollar)
  19. iPhone XS (2018): 999 dollar
  20. iPhone XS Max (2018): 1099 dollar
  21. iPhone XR (2018): 749 dollar

Bu yil taqdim etilishi kutilayotgan iPhone’larning narxlari yanada baland bo‘lishi aytilayotir. Xitoyning PCOnline nashriga ko‘ra, ularning eng kam ichki xotiraga ega varantlari quyidagicha baholanadi:

  1. iPhone 11: 1292 dollar
  2. iPhone 11 Max: 1423 dollar
  3. iPhone XR 2: 988 dollar

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa jami 27 nomdagi iPhone’larni 4 905 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!