120 dan ortiq modeldagi Android-smartfon uchun yangilangan Google Camera chiqdi (+havolalar)

  •   DiMaX
  •  1002
  •  03.06.2021 12:05

120 dan ortiq modeldagi Android-smartfon uchun yangilangan Google Camera chiqdi (+havolalar)

Google kompaniyasi o‘zining Pixel turkumi smartfonlariga mo‘ljallab Google Camera ilovasini chiqargan. Dasturchilar esa uning boshqa ishlab chiqaruvchilarning mobil qurilmalariga moslab modifikatsiyalangan variantlarini yasab kelishmoqda.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

B-S-G jamoasi dasturchilari ana shunday – naq 120 dan oshiq Android-smartfonlarda ishlaydigan Google Camera portini taqdim etishdi. Unda suratdagi «shovqin» – xiraliklarni yo‘qotishni qo‘lda sozlash, yuzni tanib olish kabi bir qator yangi funksiyalar qo‘shilgan.

Ushbu versiyadagi ilovada Auto HDR+ rejimida ISO tizimini qo‘lda to‘g‘rilash imkoni qo‘shilgan, ushbu rejimda kadrlarni tanlash ro‘yxati kengaytirilgan. Video yozib olishda bitreytni tanlash imkoni taqdim etilgan, shuningdek, ayrim tillarga tarjimalardagi xatoliklar tuzatilgan.

Modifikatsiya qilingan Google Camera ilovasini o‘rnatish mumkin bo‘lgan smartfon modellari ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishib chiqing. Agarda o‘sha ro‘yxatda sizning qurilmangiz ham mavjud bo‘lsa, kamera ilovasini B-S-G jamoasining Telegram-kanalidan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung noiloj Galaxy S21 flagmanlari kamerasidagi nuqsonni tan oldi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!