120 dollardan boshlanuvchi Xiaomi Redmi 7 xususidagi birinchi ma’lumotlar va rasmlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  7204
  •  09.11.2018 10:14

120 dollardan boshlanuvchi Xiaomi Redmi 7 xususidagi birinchi ma’lumotlar va rasmlari bilan tanishing!

Keyingi yillarda «xitoycha Apple»ning taqdimotlari tezlashdi – u yiliga ikkitadan yangi avlod arzon smartfonlarini namoyish etmoqda. Jumladan, o‘tgan yilning dekabrida u Redmi 5 modelini chiqargan bo‘lsa, oradan yarim yil o‘tib – bu yilning yozida Redmi 6 ham dunyo yuzini ko‘rdi.

O‘QING: Xiaomi biryo‘la ikkita taqdimotga taklif etdi: 8 noyabrda Londonda, 8 dekabrda esa Nyu-Yorkda!

Shundan kelib chiqib va Xitoy insayderlariga tayanib, ayrim manbalar uning navbatdagi hamyonbop telefoni namoyishiga oz vaqt qolganini aytishayotir. Ya’ni, Xiaomi Redmi 7 modelini dekabr-yanvar oylarida ommaga ko‘rsatishadi.

Kecha – 2018 yilning 8 noyabrida internet kengliklarida ushbu qurilma xususiyatlari, dizayni haqidagi ilk ma’lumotlar va taxminiy suratlari paydo bo‘ldi. Gap-so‘zlarga qaraganda, Redmi 7 kengformatli, tepasi «kemtik»li ekranga ega bo‘lib, tasvir aniqligi 2280x1080 pikselga teng, ya’gi FHD+ formatida. Hamyonbop model ekanligi bois unda yuz skaneri bo‘lmasa-da, zamonaviy USB Type-C porti bilan jihozlanadi. Bu esa, nihoyat, Xiaomi arzon smartfonlarida ham microUSB portidan voz kechayotganini anglatadi.

Xiaomi bu devaysiga boshidanoq eng so‘nggi – Android 9.0 Pie operatsion tizim bazasidagi MIUI 10 proshivkasini o‘rnatib chiqaradi.

O‘QING: Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

Uning «elektron yuragi» sifatida 1,8 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli protsessor xizmat qiladi. Aftidan, bu Adreno 509 grafik chipi bilan to‘ldirilgan Qualcomm Snapdragon 636 bo‘lsa kerak.

Xiaomi Redmi 7’ning yana bir quvonarli xususiyati – 256 gigabaytgacha hajmli microSD-karta joylash uchun alohida uyachasi mavjudligidir. Ya’ni, smartfonda ikkita SIM-kartadan tashqari flesh-karta joyi bo‘ladi.

Yettinchi avlod hamyonbop smartfonda 4G VoLTE, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11ac (5 GGs hamda 2,4 GGs), A-GPS va GLONASS modullari bo‘ladi. Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, uning xalqaro bozorga chiqariladigan versiyasi NFC chipiga ham ega bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

Redmi 7’ning metalldan yasalgan korpusi orqa qopqog‘ida – an’anaviy joyida barmoq izi skaneri mavjud. Bu yil urfga kirgan joyda va shaklda – orqa panelning yuqori sap burchagida joylashgan qo‘shaloq kamera esa tikka holda o‘rnatilgan 12 va 5 megapikselli modullarni o‘z ichiga oladi.

Boshlang‘ich konfiguratsiyadagi, ya’ni 4 gigabayt tezkor va 32 gigabayt doimiy xotirali Xiaomi Redmi 7 modeli Xitoyning o‘zida 120 dollar atrofida narxlanishi ham aytilmoqda. Kompaniyaning hozirgacha global bozorga chiqqan aksariyat rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!